

Mazkur musobaqaga hozirlik ko'rayotgan O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi bugun o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi. Olim Shokirov shogirdlari TTYMI stadionida "Lokomotiv" yoshlariga qarshi bahs olib borishdi.
Mazkur bahs Dilshod Nuraliev boshqarayotgan "Lokomotiv"ning 4:0 hisobidagi g'alabasi bilan yakun topdi. O'yinda gollar Bobur Sobirov, Jamshid Saidvoqqosov, Sherzod Komilov va Toxir Rafaelov hisobiga yozildi.













