Bundan 65 yil muqaddam Braziliya ilk marta jahon chempionligini qo'lga kiritgandi

Оқил Абдубарноев
29 iyun 2023, 21:22
Bundan roppa-rosa 65 yil muqaddam, 1958 yilning 29 iyunida Solnada Braziliya va Shvetsiya terma jamoalari o'rtasidagi jahon chempionati final uchrashuvi bo'lib o'tgandi.

Mazkur bahsda Braziliya terma jamoasi 5:2 hisobida zafar quchgan.

O'sha oqshom braziliyaliklar safida Vava va Pele ikkitadan gol urishgan, Zagallo esa yana bir golga mualliflik qilgan.

Braziliya terma jamoasi uchun bu jahon chempionatidagi ilk g'alaba bo'lgan. Keyinchalik braziliyaliklar yana to'rt marta - 1962, 1970, 1994 va 2002 yillarda turnir g'olibiga aylangan.

Agar keyingi beshta jahon chempionatini oladigan bo'lsak, "selesao"ning eng yaxshi natijasi 2014 yilgi mundialda to'rtinchi o'rin bo'lib turibdi. Qatarda bo'lib o'tgan so'nggi jahon chempionatida braziliyaliklar 1/4 final bosqichidayoq musobaqa bilan xayrlashdi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: championat.asia