Bunaqasi hech qaerda bo'lmagan! Futbol uchrashuvi tanaffusida vertolyotdan pul sochishdi (VIDEO)
10 sen 2018 16:30
Yangiliklar
Bunaqasi hech qaerda bo'lmagan! Futbol uchrashuvi tanaffusida vertolyotdan pul sochishdi (VIDEO)
AQSHning ikkinchi darajali ligasi - USLda ishtirok etuvchi "Las-Vegas Layts" klubi "Los-Anjeles Gelaksi"ga qarshi bahs tanaffusida muxlislarni noodatiy tarzda xursand qildi.
Tanaffus vaqtida stadion ustida vertolyot paydo bo'ldi va avvaldan tanlangan 200 nafar muxlis uchun 5 ming AQSH dollari sochib yuborildi. Klub egasi Brett Leshbrukning so'zlariga ko'ra, bu pulning 3 mingi 1 dollarlik, qolgan 2 mingi esa 2, 5, 10, 20 va 100 dollarlik kupyuralar edi.
"Odamlar bizni madyondan tashqarida aqldan ozgan deyishadi, bundan faxrlanamiz. Bizda Las-Vegas uslubi bor, ammo faqat maydondan tashqarida. Aslida futbolga jiddiy etibor qaratganmiz. SHunchaki muxlislarni munosib taqdirlamoqchi bo'ldik" - deydi Leshbruk.
Malum bo'lishicha, ushbu voqea oqibatida hech kim jiddiy jarohat olmagan.
TAS-IX emas
Fikrlar