Buldog Bavariyaning Osiyodagi elchisi bo'ladi
11 okt 2016 20:25
Yangiliklar
Buldog Bavariyaning Osiyodagi elchisi bo'ladi
Bavariya sobiq posboni Oliver Kan Myunxen klubida ish boshlaydi.
Ayni paytda Germaniya televideniesida ishlayotgan 47 yoshli Kan Bavariya elchisi bo'ladi. Buldog laqabi bilan mashhur sobiq darvozabon klub brendining Osiyo bozorida yanada mashhur qilish yo'lida mehnat qiladi.
Eslatib o'tamiz, Kan Bavariya safida 1994-2008 yillarda o'ynagan. Bu vaqt ichida u 8 marta Germaniya chempioni bo'lgan, ECHLda g'olib bo'lgan va jami 22ta sovrinni qo'lga kiritgan.
Fikrlar