So’nggi yangiliklar

02:04"Челси" клублар ўртасидаги жаҳон чемпионати финалида!  13 00:55Карло Анчелоттининг ўғли Бразилия клуби бош мураббийи бўлди  0 00:35Уэсли Фофана "Челси"да қолади  1 00:05"Тоттенхэм" Япония миллий терма жамоаси ҳимоячисининг трансферини эълон қилди  1 23:34"Милан" ва А Сериясининг бошқа етакчи клублари Хейлундга қизиқиб қолишди  0 23:05Жота билан собир бўлган ҳалокатнинг сабаблари бўйича экспертиза хулосаси маълум бўлди  5 22:40"Реал" "Бенфика" ҳимоячиси билан келишиб олди, клубни рози қилиш қолди  3 22:15"Рома" янги мавсум учун уй либосини тақдим этди  2 21:45ПСЖнинг икки футболчиси учун Клублар ўртасидаги ЖЧ якунланди. Хайсен эса...  13 21:25Расман: "Банияс" Акмал Мозговойни ўз футболчиси сифатида таништирди  7 21:00Championat.asia ҳамда Transfermarkt Ўзбекистон Суперлигасининг ўтган ойдаги энг яхши мураббийи ва футболчисини аниқлади  5 20:22Тиаго Силва: "Челси" ва ПСЖдан чексиз миннатдорман"  12 19:52"Арсенал" Евро ярим финалчиси трансферини ҳал этди  5 19:23​Рустам Ашурматов Эронга етиб борди  3 18:59Санчо "Ювентус"га молиявий талабларини маълум қилди  3

Bugungi uchta o'yinda qaysi jamoaning imkoniyatlari yuqori? Yangiliklar

Bugungi uchta o'yinda qaysi jamoaning imkoniyatlari yuqori?

Oliy liganing 13-turidan o'rin olgan dastlabki uch uchrashuv bugun bo'lib o'tadi.
Olmaliq (Olmaliq) – So'g'diyona (Jizzax)
18 iyun 2015. Olmaliq. OKMK stadioni. 19:00
Hakamlar:
R. Ermatov (Toshkent), A. Rasulov (Toshkent), J. Saidov (Tashkent), N. Qosimov (Toshkent)
Nazoratchi: A. Xotamov (Toshkent).
Imkoniyatlar: 60:40



SHu kunga qadar bu mavsumda o'z uyida umuman mag'lub bo'lmagan "Olmaliq" safardagi 6ta o'yinning barchasida yutqazgan "So'g'diyona"ni qabul qiladi. O'yinda Igor SHkvirin shogirdlarining imkoniyati yuqori ekani barchaga ayon. Jizzax klubining mag'lubiyatli seriyasi to'rttaga etdi. “Olmaliq” o'z maydonidagi o'yinlarda bu raqibga umuman yutqazmagan – 4 g'alaba va bir durang. SHu omillar tufayli bugun "Olmaliq" o'z muxlislarini xursand qilsa kerak.


Buxoro (Buxoro) – Metallurg (Bekobod)
18 iyun 2015. Buxoro. “Buxoro” stadioni. 19:00
Hakamlar
: V. Ceytlin (Toshkent), T. Galeev (Toshkent), A. Po'latov (Toshkent), A. Najafaliev (Toshkent)
Nazoratchi: F. Abdullaev (Toshkent).
Imkoniyatlar: 50:50



Dastlabki 12ta turda g'alaba qozona olmagan yagona klub bo'lgan "Buxoro" o'z muxlislari qarshisida "Metallurg"ga qarshi o'ynaydi. Bahsda imkoniyatlar teng deyish mumkin. Sababi buxoroliklarning ustunligi bu o'z stadioni va muxlislari, "Metallurg"ning ustunligi esa so'nggi paytlarda qayd etayotgan yaxshi natijalari bo'ladi. O'yinga bog'liq statistika: So'nggi to'rt mavsumda “Buxoro” o'z uyida bu jamoani faqat mag'lub etib kelmoqda. 


Qizilqum (Navoiy) – Navbahor (Namangan)
18 iyun 2015. Navoiy. “Yoshlar” stadioni. 19:30
Hakamlar:
I. Tantashev (Buxoro), B. Qodirov (Buxoro), A. Qo'ldoshev (Buxoro), K. Rasulov (Qarshi)
Nazoratchi: R. Serazetdinov (Toshkent).
Imkoniyatlar: 50:50



Musobaqa jadvalida deyarli yonma-yon borayotgan klublar Navoiyda to'qnash kelishadi. "Qizilqum" o'z uyidagi oxirgi uchta uchrashuvning barachasida raqiblarni mag'lub etdi. "Navbahor" esa safardan faqat bir bor g'alaba bilan va 4 bor mag'lubiyat bilan qaytdi. O'tgan mavsum qaysi jamoa o'z uyida o'ynagan bo'lsa o'sha jamoa g'olib bo'lgan, balki bu yil ham ushbu anana davom etar. Uchrashuvdan oldin esa imkoniyatlarni teng baholadik. 

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика