So’nggi yangiliklar

00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  1 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  7 22:12"Барселона" Канселу бўйича "Ал Ҳилол"га таклиф юборди  0 22:01МЮ Аморимга истеъфо учун 10,05 млн фунт тўлаб бериши керак  2 21:18РАСМАН: Беҳруз Асқаров — ОКМК футболчиси!  1 20:52"Интер" Канселу трансфери бўйича "Ал Ҳилол" билан келишувга эришди, аммо...  2 20:24"Ман Сити" Гвардиол ва Диашнинг жароҳати сабаб қишки трансфер ойнасида ҳимоячи сотиб олмоқчи  12 19:50"Бавария"нинг порлаб келаётган юлдузи "Реал"да ўйнашни орзу қилади  2 19:22Ашортиа: "Андроникашвили билан биргаликда "Андижон" яхши натижаларига эришиши учун ёрдам берамиз"  1 18:57Вадим Абрамов: "Аввал бизга етарлича баҳо беришмасди, энди эса даража кўтарилди"  5 18:30"Сурхон" россиялик футболчиси билан келишувини 2 йилга узайтирди  5 18:07Расман: Игорь Сергеев "Персеполис" футболчисига айланди  13 18:01"Манчестер Сити" Гвардиол жароҳат олгани туфайли ижарадаги ҳимоячисини ортга қайтарди  1

Bugungi "Milan"ning eng foydali futbolchisi Ibra emas(mi)? Yangiliklar

Bugungi "Milan"ning eng foydali futbolchisi Ibra emas(mi)?

A Seriya etakchisi tarkibidagi ko'rinmas qaxramon haqida

Bahor-kuz mavsumidagi ishonchli "Milan" bilan bugungi ancha kuchli "Milan" o'rtasida ham kattagina farq mavjud. Naqadar g'alati eshitilmasin, Piolida o'ng qanot himoyachisi paydo bo'ldi. Stefanoning futbolida fulbeklar juda muhim sanaladi va gibrid rolni bajaradi: to'pning joylashuviga qarab, yo vinger, yoki qanotroqdagi markaziy himoyachilarni, kurashlardan keyin nazoratsiz qolgan to'plarni poylaydilar, lekin asosiysi – to'pni oldinroqqa olib o'tadi hamda hujumlarni qayta jonlantiradi. Pozicion hujumda ular – masofani nazorat qiladilar.  

Avval Stefano himoyadan chiqishda faqat Teoga tayanib qolgandi va chap qanotga alohida urg'u berilishi, hujumlar asosan o'sha nuqta orqali tashkillashtirilishi raqiblarga qulaylik yaratardi, "Milan" o'yinini taxmin qilish osonroq edi. Hozir murabbiy qo'l ostida Kalabriya bor. Davide – etakchi "Milan"ning o'zgargan asosiy figurasi: 


  • O'rtacha har 90 minutda 4,7 marta to'pni olib qo'yish (birga-bir kurashlarning 85% ustun kelgan) – A Seriyada eng yaxshisi;
  • O'rtacha har 90 minutda 6,4 marta pressingga muvaffaqiyatli kirishish (aynan futbolchining pressingga qo'shilishidan 5 soniya o'tib, to'pni olib qo'ygan) – ligada 13-natija va o'z poziciyasida eng yaxshi (umumiy urinishlar soni inobatga olinganda – umuman eng yaxshisi);
  • O'rtacha har 90 minutda 5,4 o'yinni sezilarli darajada oldinga etkazish/o'tkazish (bunday to'p uzatishlardan keyin jamoa kamida 10 yardga oldinga siljigan. Etiborlisi, ular himoyada turib amalga oshirilmagan) – ligada 20-natija va o'z nuqtasida 3-ko'rsatkich.


Teodagi atletizm yo'q, Kuadradoning energetikasi ham yo'qdek – faqatgina keskin vertikal uzatma, katta hududni nazorat ostida ushlab turish va nozik did bilan raqibni bosimda ushlab turish. Bir-ikki oy ichida Kalabriya yaqqol ustun jihatlari yo'q, muxlislar tezroq qutilishni istaydigan yigitdan, A Seriyaning eng yaxshi fulbeklaridan biri.

Uning o'ng qanoti hozir – Italiyadagi eng yaxshi himoyaga ega nuqta hisoblanadi: boshqa istalgan klubning istalgan nuqtasini alohida olib solshitirganda, "Milan" darvozasi tomon Kalabriyaning poziciyasidan kamroq zarba yo'llangan.

To'g'ri, bu shunchaki statistika, u shunchaki himoyachi dersiz, lekin yuqoridagilar fakt.


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика