So’nggi yangiliklar

21:50Суперлига. "Қизилқум" – "Нефтчи" 1:1 (матнли транлсяция)  37 21:21ПроЛига. "Олимпик Мобиуз" "Олимпик" дарвозасига жавобсиз 4та гол урди ва пешқадамликни қўлига олди  1 20:55Суперлига. "Навбаҳор" ўз майдонида "Машъал"га жавобсиз 6 та тўп йўллади, Ғуломовда дубль, Жияновда 3 та ассист!  64 20:16Тер Штеген "Барселона"да қолмоқчи  0 19:58Бобир Абдихолиқов "Келажак бунёдкори" медали билан мукофотланди  6 19:35"Милан" "Торино" футболчисини сотиб олади  1 18:51Клопп клублар ўртасидаги ЖЧ форматини жиддий танқид қилди  6 18:32Хаби Алонсо "Ювентус"га қарши ўйин ҳақида: "Уларнинг "Манчестер Сити"га қарши ўйини ҳеч нимани англатмайди"  2 17:45"Милан" 3 футболчини сотиб олмади ва жамоасига қайтариб юборди  0 17:20"Штутгарт" футболчисини 100 млн еврога баҳоламоқда, "Бавария" эса 50 миллионга  0 16:51"Пахтакор" Қаршида сўнгги дақиқаларда иккита гол уриб, мағлубиятдан қутулиб қолган учрашувдан ГАЛЕРЕЯ  4 16:23"Барселона" Месси, Коутиньо, Куман олдидаги қарзларини ёпди  14 15:52"WhoScored" клублар ўртасидаги жаҳон чемпионатининг гуруҳ босқичи рамзий термасини тақдим қилди  16 15:15Факт: "Нефтчи" 17 йилдан буён меҳмонда "Қизилқум"ни юта олмаяпти  3 14:52“Нефтчи” академияси фаолиятини бошламоқда!  4

Bugungi JCH ortida ko'rinmagan qahramonlar haqida Yangiliklar

Bugungi JCH ortida ko'rinmagan qahramonlar haqida

Saytimiz asoschilaridan biri Nodirxo'ja Yuldashev O'zbekiston U20 terma jamoasining jahon chempionatiga chiqishida ishtirok etgan "ko'rinmas" qahramonlarni sanab o'tdi.

Dmitriy An - Tarkibdagi 8 nafar bolaning ustozi. Ular turli yoshlarda “Paxtakor” akademiyasiga kelganlar. Kimdir 7, kimdir 13 yoshda. U tarbiyalagan Fayzullaev, Asqarov, Boymurodov, Po'latov va Xoldorxonov terma jamoa yuragi hisoblanadilar. 


SHerzod Igamberdiev - 2 yil davomida juda ko'plab sifatli va kuchli raqiblarni topib, o'yinlarni tashkil qildi. 


Alisher aka va Barat aka - Bu ikki shifokor uzoq vaqt terma jamoa azolarini yaxshi formada bo'lishlariga sabab bo'la oldilar. Jarohatlanganlarga o'z vaqtida muolaja qilgan holda. 


“Bunyodkor” stadionining mutasaddilari - Va nihoyat bu arenaga yuqori texnologiya bilan  qaraldi.  Yakunda titilib ketaveradigan maysalar joyida qotdi. Bu esa mayda pas o'ynab, aldashni yaxshi ko'radigan yigitlarimiz uchun ayni muddao bo'ldi. Stadion chimini ideal holatga keltirgan barcha-barchaga rahmat. 


Xayrulla Bozorov - Farg'ona viloyati hokimi Xayrulla Bozorov bitta guruh o'yinini o'z zimmasiga olibgina qolmay, “Istiqlol” stadionini ideal holatga keltirdi. 4ta echinish xonasining bari tartibli. Zaxira maydoni mashg'ulotlar uchun yaroqli. Stadion endi Superliga o'yinlari uchun ajoyib holatda.


Jahongir Fayzullaev - Men ham o'z paytida o'zimning futboldagi avlodimga ega bo'lganman. Bizning davr, Geynrix, Ahmedov, Tursunov, Ismoilov bilan bog'liq. Jahongir Fayzullaevning avlodi mana shu 2001 va 2003 lar. Mazza qildi bola. O'z navbatida futbolchilarni ham instagramida qo'llab, ular ham unga suratlar uchun rahmat aytib, bayroqlar almashib, futbolkalar olib, qisqasi baxtli bo'lishdi.  


Stadiondagi 30 000 nafar, TV qarshisidagi 2-3 mln muxlis - Avstraliyaga bosimni uyushtirib bergan birinchi odamlar, bular stadionni to'ldirgan muxlislar. Aynan ular penaltilar seriyasida vakillarimizni qo'llash orqali, raqiblarimizni xato qilishga majbur qildilar. Futbolchilarga esa har turda katta masuliyat oldida turganliklarini eslatib turdilar.


Aslida qahramonlar ko'p. Qolgan futbolchilarni tarbiyalab bergan murabbiylar, ularni dunyoga keltirib tarbiya bergan ota va onalar. Buvi va dodalar. Hududiy associaciyalar, homiylar, maydonlarni o'rib, parvarish qiladigan maxsus bog'bon xodimlar. Terma jamoaning operatori, massajchilari va mamurlari. Qisqasi, bu yutuq barchangizniki.

Nodirxo'ja Yuldashev

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика