JCH-2022. Finalni boshqaradigan hakam va uning aqlbovar qilmas hikoyasi
18 dek 2022 16:39
Yangiliklar
JCH-2022. Finalni boshqaradigan hakam va uning aqlbovar qilmas hikoyasi
Unda Argentina hamda Franciya terma jamoalari o'zaro kurash olib borishadi.
Argentina Lionel Messi - 23', Angel Di Maria - 36', Lionel Messi - 108', Lionel Messi - 121', Paulo Dybala - 121', Leandro Paredes - 121', Gonzalo Montiel - 121' |
World Cup Final Stage . final-tur 18/12/2022, 20:00 5
:
7
Tugadi
|
France Kylian Mbappe - 80', Kylian Mbappe - 81', Kylian Mbappe - 121', Randal Kolo Muani - 121' |
Stadion: Lusail Stadium, 88966 tomoshabin
Bosh hakam: Szymon Marciniak
Jahon chempionati-2022
Final
18.12.2022, 20:00
"Lusail" stadioni
Argentina - Franciya
Bosh hakam: SHimon Marchinyak
Qanot hakamlari: Pavel Sokolnickiy, Tomash Listkevich
Mundial finalini tarixda ilk bor polshalik hakam boshqarib boradi. SHimon Marchinyakka qanotlarda hamyurtlari Pavel Sokolnickiy va Tomash Listkevichlar yordamlashishadi. 2 kun oldin "championat.asia"da SHimonning fikrlari chop etilgan edi.
"Ajoyib o'yin bo'lishini kutyapman. Argentina va Franciya har soniyada ajoyib narsalarni qila oladigan hayratlanarli nomlarga ega ikki buyuk jamoadir. Biz allaqachon ikki jamoa ishtirokidagi o'yinlarda hakamlik qildik, ular bizni bilishadi. Bu biz uchun katta imkoniyat, bundan unumli foydalanishga harakat qilamiz. O'yindan keyin hakamlar haqida bir og'iz so'z aytilmasligi uchun bor mahoratimizni ishga solamiz", – dedi Marchinyak.
SHimon mundiallarda ilk bor JCH-2018da ishlagan. O'shanda unga guruh bosqichidan o'rin olgan ikkita bahs ishonib topshirilgan. Argentina - Islandiya (1:1) hamda Germaniya - SHveciya (2:1) to'qnashuvlarini boshqargan.
Bu safargi mundialda esa dastlab guruh bosqichidan o'rin olgan Franciya - Daniya qarama-qarshiligini boshqardi. Unda Mbappening dubli francuzlarga g'alaba keltirdi - 2:1. Keyin esa u nimchorak final doirasidagi Argentina - Avstraliya uchrashuvini boshqardi. Unda Messi hamda X.Alvaresning gollari argentinaliklarga 2:1 hisobida g'alaba keltirdi. Marchinyakning dastlabki ikki bahsida g'alaba qozongan terma jamoalar bugun hal qiluvchi o'yinda bir-birlariga qarshi maydonda saf tortishadi. SHuni o'zi bir kichik va ajoyib voqelik aslida. Avvaliga Franciya o'yinini, keyin Argentina o'yinini boshqarasan. Oxirida esa finalda har ikkalasining bellashuvini boshqarasan.
"Kachok" Marchinyak sportning muay tay turi bilan havaskor tarzda shug'ullanadi.
SHimon Marchinyakning o'z hikoyasi bor va u aqlbovar qilmas
Ushbu mundialda hakamlik va VARga etirozlar uchramadi desak xato bo'ladi. Argentina Niderlandiya bilan o'yindan keyin, Marokash 3-o'rin uchun Xorvatiyaga qarshi bellashuvdan keyin hakamlarga keskin etirozlar bildirishdi. SHunga qaramay, tarixga o'z ism-familiyasini yozdirib qo'yishni maqsad qilgan va bunga yaqin turgan SHimonda bunday etirozlar yo'q. 41 yoshli hakam finalni boshqaradigan birinchi polshalik bo'ladi.
Bugun SHimon kunning eng muhim voqeligida asosiy boshqaruvchi bo'ladi. Ammo, taxminan 1 yil oldin hatto uning o'zi ham bu narsani tasavvur qilmagan bo'lsa kerak. Sababi, SHimon malum muddat hakamlik faoliyatidan chetda bo'lishga majbur bo'ldi. Unga "taxikardiya" kasalligi tashxisi qo'yildi. O'zi bu qanday kasallik va uni qanday davolash mumkin kabi savollar menda paydo bo'ldi. Yurak shifokori va shunday kasalligi bor tanishimdan bu borada fikr so'radim.
"Taxikardiya" - yurak ritmining tezlashib ketishi. Taxikardiyada yurak bazida 1 daqiqada 90tadan ko'p urib ketadi. Bazida undan ham ko'proq (masalan 1 daqiqada 120taga ham chiqib ketishi mumkin). Yurak urishining 1 daqiqa uchun normasi 60-80 marta hisoblanadi. O'zimda ham o'lchab ko'rdim, yuragim 1 daqiqada 68 marta urdi. Demak, menda hammasi joyida)
Menda yana savol paydo bo'ldi. SHunda SHimon bu kasallikdan qutulganmi? Qanday qilib bu kasallikka chalingan hakam Jahon chempionatida ishlamoqda? Bu savollar bilan mundialda hakamlar bilan bog'liq faoliyat olib borayotgan bir kishi (kimligini ochiqlash shart emas)dan so'radik. Lekin, ularning ichki qoidasiga ko'ra, hakamlarning shaxsiy va shunga o'xshash malumotlarini aytish yoki tarqatish mutlaqo mumkin emas. SHundan so'ng, bu savollarim bilan yana boyagi shifokorga yuzlandim hamda quyidagi mazmunda javob oldim: "Bu kasallik to'liq tuzalmagan bo'lishi ham mumkin. Bezovta qilmasa bemalol ishlayveradi".
Endi xuddi shunday kasalligi bor tanishim bilan aloqaga chiqdim va unda bu narsa qanchalik tez-tez bezovta qilishini so'radim. Uning aytishicha, taxikardiya uni bir yilda 1 yoki maksimum 2 marta bezovta qiladi. Yani, yiliga 1-2 martagina yuragi tez-tez urib qoladi. Qolgan paytlar hammasi yaxshi, u bilan birga doimo futbol ham o'ynaymiz.
SHimon esa ayni shu kasallik sabab o'tgan yili iyul oyida o'tkazilgan Evropa chempionatidan chetda qolib ketdi. O'shanda u qanday qiyin holatga tushib qolgani va ruxiyat bilan bog'liq muammolarini faqatgina uning o'zi biladi. Biz esa unga bu jarayonlar unchalik komfort bo'lmaganini taxmin qilishimiz mumkin.
"Oxirgi 1 yarim yil menda juda og'ir davrlar bo'ldi. Menda taxikardiya bor edi - bu yurak kasalligi. Boshida juda qiyin bo'ldi", - deya Marchinyakning so'zlarini keltirgan "Reuters" agentligi.
"Men Evropa chempionatini o'tkazib yubordim, bu qo'rqinchli tuyg'u edi. Endi esa menga hayot yoki men hayotga qaytdim. Hatto, tabassum qilishdan to'xtamayapman. CHunki, bu o'zgacha ajoyib tuyg'u".
Marchinyak hakamlik faoliyatini 2009 yil Polsha chempionati (Ekstraklasa)da boshlagan. 2 yil o'tib FIFA hakamlari safiga kirgan. Yuqorida yozganimdek 2018 yilgi mundialda ikkita o'yinni boshqargan.
U ECHL, Evropa ligasi, Jahon va Evropa chempionatlarining saralash hamda asosiy bahslarini, U-21 Evropa chempionati finalini, 2018 yilgi Evropa superkubogini boshqargan. Havas qilsa arzigulik faoliyat.
Ko'rib turganingizdek, SHimon Marchinyakning hayot hikoyasi mana shunday aqlbovar qilmas. Bugungi finalda maydondagi har ikkala terma jamoaga ham, Marchinyak boshliq hakamlar brigadasiga ham omad tilab qolamiz. O'zi aytganidek, finaldan keyin hech kim hakamlarni eslamasin ham. Bu ularning yutug'i bo'ladi.
O'zingizni ehtiyot qiling va finalni o'tkazib yubormang!
Fikrlar