Bugun U-23 terma jamoamiz Xitoyga qarshi ikkinchi nazorat uchrashuvida maydonga tushadi

Alisher
19 iyun 2023, 07:52
Bugun O'zbekiston U-23 terma jamoasi Xitoyda mezbonlarga qarshi ikkinchi xalqaro o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi.

Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 15:30 da Lanfan shahridagi Xitoy terma jamoalari bazasida bo'lib o'tadi.

 Eslatib o'tamiz, Uch kun avval bo'lib o'tgan birinchi uchrashuvda Timur Kapadze shogirdlari raqiblarini 3:1 hisobida taslim etishgandi. O'sha uchrashuvda jamoamiz tarkibida Mahmud Mahamadjonov, Umarali Rahmonaliev va Alisher Odilov o'z hisoblariga gol yozdirib qo'yishgandi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: championat.asia