So’nggi yangiliklar

13:05Сергей Чигодаев - Ўзбекистон U-16 терма жамоасининг CAFA U-17 кубогидаги илк ўйини ҳақида  0 12:35"Челси" икки дарвозабонни кўриб чиқмоқда  1 12:04Тен Хаг топ клубга бош мураббий бўлмоқда  3 11:23"Реал" ПСЖ юлдузини харид қилмоқчи  6 11:00Каору Митоманинг янги жамоаси деярли аниқ  2 10:34Кевин Де Брюйне “Наполи“да қанча маош олиши маълум  2 10:08“Майдонда максимал даражада кучимизни сарфлаймиз, бизда ишонч бор” - Дониёр Абдуманнопов “Сурхон”га қарши ўйин, чиройли гол ва Суперкубок ҳақида  2 09:40Васкес фаолиятини Осиёда давом эттириши мумкин  5 09:11Ҳусановнинг собиқ мураббийи Англия жамоасини бошқаради  3 08:43Мбаппе “Олтин бутса“ учун курашда биринчи ўринга чиқиб олди  36 08:17Sofascore. Захирадан майдонга тушиб, ассист қайд этган Файзуллаев неча баҳо олди?  3 08:00Суперлига. "Нефтчи" "Шўртан"ни йирик ҳисобда мағлубиятга учратди. "Сўғдиёна" эса ўз майдонида "Бухоро" билан дуранг ўйнади  2 07:54Суперлига. Бугун 3-та учрашув бор  7 07:27АПЛга йўл олган учинчи жамоа номи маълум  7 03:31Франция кубоги. ПСЖ "Реймс"ни йирик ҳисобда мағлуб этиб, бош совринга эга чиқди  7

Bugun Toshkent derbisi. "Paxtakor" - "Lokomotiv" Yangiliklar

Bugun Toshkent derbisi. "Paxtakor" - "Lokomotiv"

Teglar :  LokomotivPaxtakor
Bugun oliy liganing 24-tur uchrashuvlariga start beriladi. "Lokomotiv" safarda amaldagi chempion "Paxtakor" mehmoni bo'ladi.

Toshkent derbisi maqomiga ega markaziy o'yinni Ravshan Ermatov boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib boradi.

Oliy liga. 24-tur.
"Paxtakor" - "Lokomotiv"
Boshlanish vaqti
- 18:30.

Turnir jadvalidagi o'rni: "Paxtakor" 6-o'rinda (38 ochko), "Lokomotiv" 1-o'rinda (56 ochko).
Ochkolar orasidagi farq - 18 ochko.

Tarif: Bu o'yinga ortiqcha tarifning hojati bo'lmasa kerak. Bir so'z bilan aytganda poytaxt derbisi. Amaldagi chempion bilan chempionlikka harakat qilayotgan jamoaning o'zaro to'qnashuvi. Bugun "Paxtakor" stadionida qiziqarli bahs kechishi kutilmoqda. Ikkala jamoa ham o'tgan turni ikki xil o'tkazdi. "Paxtakor" safarda "Navbahor"ni mag'lub etib qaytgan bo'lsa, "Lokomotiv" o'z maydonida "Obod"ni enga olmadi.  

Fakt: Ikkinchi davrada sakkizta o'yinda maydonga tushgan "Paxtakor" dastlab ketma-ket to'rt uchrashuvda g'alaba qozona olmadi. Keyingi to'rtta o'yinda esa uch bor zafar quchib, bir marta yutqazib qo'ydi. Umuman olganda, jamoa o'z maydonida 11ta uchrashuv o'tkazib, shundan sakkiztasida g'alaba qozongan. Ikki bor durang o'ynab, bir marta mag'lub bo'lgan. "Paxtakor" o'z maydonida 10-tur bahsida "Neftchi"ga 1:2 hisobida imkoniyatni boy bergan.

Fakt: "Lokomotiv" ikkinchi davrada bitta kam o'yin o'tkazgan. CHunki "Mashal" bilan bo'ladigan uchrashuv oktyabr oyiga qoldirilgan. "Lokomotiv" ikkinchi davrada besh marta g'alaba qozondi va ikki bor durang qayd etdi. SHu paytgacha 10ta o'yinni safarda o'tkazgan "teairyo'lchilar" shundan ettitasida g'olib chiqishgan. Uch bor durang o'ynalgan bo'lsa, "Lokomotiv" hali mag'lub bo'lmagan.

Eslatma: "Lokomotiv" stadionida kechgan birinchi davra bellashuvida mezbonlar 1:0 hisobida g'g'alabaga erishishgan. Yagona gol Temurxo'ja Abduxoliqov tomonidan kiritilgan. Kecha bo'lib o'tgan Yoshlar ligasi bahsi esa 1:1 hisobida yakun topdi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика