So’nggi yangiliklar

01:17Максим Шацких: “Трансфер ойнаси ёпилгунича 2-3 нафар янги ўйинчи оламиз”  1 00:55"Андижон" назорат ўйинида Тожикистон жамоасини мағлуб этди  1 00:41Футболга қайтиш муборак: "Байер" Эрик тен Хагнинг дебют ўйинида йирик ҳисобда мағлуб бўлди  4 00:21"Манчестер Сити" Траффорд билан шартнома имзолаши мумкин  2 23:59"Ақлдан озаётган" "Тоттенхэм" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширишга тайёрланмоқда  2 23:46Алишер Одилов "Навбаҳор"ни тарк этди  3 23:24Микель Артета: "Мадуэке - АПЛнинг энг яхши ҳужумчиларидан бири"  1 22:50Месси Ямалга қарши: Финалиссима қачон бўлади?  4 22:20Исак "Ал Ҳилол"га ўтиши мумкин  1 21:53"Милан" Спортьеллони собиқ жамоасига қайтариб юборди  0 21:33Гампер Кубоги учун ўйин қаерда бўлади?  4 21:14Расман: Нони Мадуэке - "Арсенал" футболчиси!  5 20:52"Насаф" назорат ўйинида "Машъал"дан устун келди  2 20:10"Милан" Модрич ёрдамида "Реал" аъзоси билан музокара ўтказмоқда  0 19:45Моуринью: "Португалияга қайтаман. Фаолиятим охирида эмас, чўққисида"  2

Bugun Serbiya, Ispaniya va Kosta-Rika JCH-2018 yo'llanmasiga ega bo'lishi mumkin Yangiliklar

Bugun Serbiya, Ispaniya va Kosta-Rika JCH-2018 yo'llanmasiga ega bo'lishi mumkin

Bugun ham 2018 yil Rossiyada bo'lib o'tadigan Jahon chempionatiga saralash o'yinlari davom ettiriladi.
Hozirga kelib Rossiyadagi mundialning 10ta ishtirokchisi malum: Rossiya (mezbon), Braziliya, Eron, Yaponiya, Meksika, Belgiya, Janubiy Koreya, Saudiya Arabistoni, Germaniya va Angliya. Bugun tunda Evropada va KONKAKAF mintaqasida bo'lib o'tadigan o'yinlardan so'ng yana 3 jamoa yo'llanmaga ega chiqishi mumkin.

Serbiya

Slavolyub Muslin boshchiligidagi jamoa bugun safarda Avstriyani mag'lub etsa Jahon chempionatiga chiqqanini bayram qilaversa bo'ladi. Agar Uels va Irlandiya bugun o'z raqiblariga yutqazib qo'yishsa xatto durang va mag'lubiyat ham serblarni mundial sari etaklaydi.

Barcha soatlar Toshkent vaqti bilan berilgan

D guruhi
Gruziya – Uels. 21.00
Avstriya – Serbiya. 23.45
Irlandiya – Moldova. 23.45



Ispaniya

G guruhida 2010 yilgi Jahon chempionlari Italiyadan 3 ochko oldindalar. Bugun Albaniya mag'lub etilsa va Italiya Makedoniyani enga olmasa ispanlar JCH chiptasiga ega bo'lishadi. Agar Italiya Makedoniyaga yutqazib qo'ysa Ispaniyaga durang ham etadi.

G guruhi
Ispaniya – Albaniya. 23.45
Italiya – Makedoniya. 23.45



Kosta-Rika
Kosta-Rika - Gonduras uchrashuvi kuchli tropik dovul tufayli bir kunga kechiktirildi. Biroq Kosta-Rika buguning o'zida yo'llanmaga ega bo'lishi mumkin. Buning uchun AQSH - Panama uchrashuvida durang qayd etilishi kerak.



Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика