Bugun Saudiya Arabistoni chempionatiga restart beriladi
04 avg 2020 15:56
Yangiliklar
Bugun Saudiya Arabistoni chempionatiga restart beriladi
Saudiya Arabistoni milliy chempionati koronavirus sabab bahorda to'xtab qolgandi. Bu paytga kelib jamoalar 22tadan o'yin o'tkazishgandi. Bugun 23-tur bahslariga start beriladi. Malumot uchun, Saudiya Pro ligasida 16ta jamoa ishtirok etadi.
CHempionatning qolgan o'yinlari 4 avgust - 9 sentyabr oralig'ida bo'lib o'tadi va bu vaqt ichida 64ta uchrashuv o'tkaziladi.
23-tur juftliklari
Bugun
"Al Fateh" - "Al Feyha"
"Abha" - "Al Ittihod"
"Al Raed" - "Damak"
"Al Faysali" - "Al Taavon"
"Al Ahli" - "Al Hazm"
Ertaga
"Al Adalah" - "Al Ittifoq"
"Al Vahda" - "Al SHabab"
"Al Nasr" - "Al Hilol"
Musobaqa jadvalida "Al Hilol" 51 ochko bilan birinchi o'rinn egallab turibdi. Ikkinchi o'rindagi "Al Nasr" hisobida 45 ochko bor. Darvoqe bu tur "Al Nasr" o'z maydonida peshqadam "Al Hilol"ni qabul qiladi.
Fikrlar