Bugun Saudiya Arabistoni chempionatiga restart beriladi

Xayrulla Xoliqov
4 avg 2020
Uzoq davom etgan tanaffusdan so'ng bugun Osiyodagi yana bir chempionat restart oladi.

Saudiya Arabistoni milliy chempionati koronavirus sabab bahorda to'xtab qolgandi. Bu paytga kelib jamoalar 22tadan o'yin o'tkazishgandi. Bugun 23-tur bahslariga start beriladi. Ma'lumot uchun, Saudiya Pro ligasida 16ta jamoa ishtirok etadi.

Chempionatning qolgan o'yinlari 4 avgust - 9 sentyabr oralig'ida bo'lib o'tadi va bu vaqt ichida 64ta uchrashuv o'tkaziladi. 

23-tur juftliklari

Bugun

"Al Fateh" - "Al Feyha"

"Abha" - "Al Ittihod"

"Al Raed" - "Damak"

"Al Faysali" - "Al Taavon"

"Al Ahli" - "Al Hazm"

Ertaga

"Al Adalah" - "Al Ittifoq"

"Al Vahda" - "Al Shabab"

"Al Nasr" - "Al Hilol"

Musobaqa jadvalida "Al Hilol" 51 ochko bilan birinchi o'rinn egallab turibdi. Ikkinchi o'rindagi "Al Nasr" hisobida 45 ochko bor. Darvoqe bu tur "Al Nasr" o'z maydonida peshqadam "Al Hilol"ni qabul qiladi.


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: the-afc.com