So’nggi yangiliklar

03:25Англия лига кубоги. "Арсенал" "Кристал Пэлас"ни пенальтилар сериясида мағлубиятга учратди. Ярим финалдаги рақиб – “Челси”  4 01:28Самвел Бабаян: “Бизда бир қатор йўқотишлар бор. Гуруҳдан чиқиш вазифасини бажаришимиз керак”  3 01:10Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди  51 00:55“Ал Аҳли” бош мураббийи: “Андижон” мусобақа давомида кучли жамоалигини кўрсатди”  1 00:25"Челси" Семеньо трансферидан воз кечди  1 23:55"Милан" Ориги билан шартномани бекор қилганини эълон қилди  1 23:34Винисиус мухлисларнинг муносабати туфайли "Реал"даги келажагига шубҳа қилмоқда  2 22:52"Ювентус" "Интер" ярим ҳимоячисини қишда ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 22:13Расман: "Лион" Эндрикни "Реал"дан ижарага олди  1 21:34ФИФА "Ал Насср"га қўйилган трансфер тақиқини бекор қилди  6 21:09"Бавария" етакчиси Австрияни забт этди  0 20:42Futsal Awards-2025 маросими ўтказилади  0 20:25"Рома" МЮ ҳужумчисини қўлга киритишга яқин  2 19:58"Барселона" Тер Штегеннинг келажаги бўйича қарор қабул қилди  1 19:30Апелляция иш берди: ПСЖ футболчисининг жазоси енгиллашди  3

Bugun Rossiyada mavsum yakunlanadi Yangiliklar

Bugun Rossiyada mavsum yakunlanadi

Bugun Rossiya premer-ligasida 2015-2016 yilgi mavsumi o'z nihoyasiga etadi.

So'nggi turdan oldin chempion nomi malum emas. Bosh sovrin uchun CSKA va "Rostov" klublari davogarlik qilishmoqda. Moskva "armiyachilari" bugun Qozon shahrida "Rubin" mehmoni bo'lishadi. "Rostov" esa Grozniyda "Terek" bilan kuch sinashadi. Oxirgi turda CSKA durang o'ynab "Rostov" g'olib bo'lsa Qurbon Berdiev boshichiligidagi rostovliklar chempion bo'lishadi. Sababi o'zaro o'yinlarda "Rostov" raqibidan ustun.

Hamyurtimiz Odil Ahmedov to'p tepayotgan "Krasnodar" klubi keyingi yil Evropa ligasida ishtirok etishi aniq bo'ldi. Yana bir o'zbekistonlik futbolchi Vitaliy Denisov o'ynayotgan "Lokomotiv" esa afsuski kuchli beshlikka kira olmadi va evrokuboklarsiz qoldi.

Musobaqa jadvalining quyida ham kurash anchayin qiziqarli kechmoqda. Oxirgi turdan oldin beshta klubda quyi ligaga tushib ketish xavfi mavjud.

Malumot uchun, premer-ligada oxirgi ikki o'rinni egallagan klublar to'g'ridan-to'g'ri birinchi ligaga tushib ketadi. 13 va 14-pog'onani egallagan ikki klub esa birinchi liganing ikki klubi bilan pley-off o'yinlarida ishtirok etadi.

CHempionat to'purari bo'lishga 20ta gol urgan "Krasnodar" hujumchisi Fyodor Smolov asosiy davogar bo'lib turibdi. Undan keyingi o'rinlarda 17ta to'p kiritgan "Spartak" vakili Kuinsi Promes, 16ta gol urgan "Zenit" hujumchisi Xalk borishmoqda.


Rossiya premer-ligasi. 30-tur. Musobaqa jadvali
21 may 2016. Barcha o'yinlar 15:30da (Toshkent) boshlanadi.

"Ural" - "Kuban"
"Lokomotiv" - "Mordoviya"
"Terek" - "Rostov"
"Dinamo M" - "Zenit"
"Ufa" - "Spartak"
"Krasnodar" - "Amkar"
"Krilya Sovetov" - "Anji"
"Rubin" - CSKA



Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика