Bugun Qo'qon shahrida katta futbol bayrami!

Narzulla Saydullayev
21 apr 2018, 10:10
Bugun Qo'qondagi “Markaziy” stadionida superliga 7-turining markaziy o'yinlaridan biri bo'lib o'tadi.

“Qo'qon-1912” Respublikamizning yetakchi klublaridan biri bo'lgan Qarshining “Nasaf” jamoasini qabul qiladi.

Uchrashuvdan oldin “Markaziy” stadionida yurtimizning taniqli estrada yulduzlari ijrosida katta koncert dasturi namoyish qilinadi. Qaysi yulduzlar bugun Qo'qonga tashrif buyurishini esa stadionga kelgach ko'rasiz. Bu safar yana siz aziz muxlislarimizga “syurpriz” bor.

Aziz futbol muxlislari stadioniga ertaroq kelib o'z joyingizni egallang va miriqib dam oling!

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: kokand1912.uz