Bugun "Qo'qon-1912" oq, “Neftchi” qizil-ko'k libosda o'ynaydi
30 may 2018 13:36
Yangiliklar


Bugun "Qo'qon-1912" oq, “Neftchi” qizil-ko'k libosda o'ynaydi
Qo'qondagi “Markaziy” stadionda O'zbekiston kubogi, 1/8 finalidan o'rin olgan “Qo'qon-1912” – “Neftchi” o'yinidan oldingi yig'ilish bo'lib o'tdi.
Yig'ilishda har ikki jamoa vakillari va uchrashuv komissari Mamur Saidqosimov ishtirok etishdi va o'yin oldi jarayonlari hamda jamoalar bugun qanday rangdagi liboslarda maydonga tushishlari borasida kelishib olishdi.
Unga ko'ra, bugungi bahsda mezbonlar “Qo'qon-1912” jamoasi oq rangli formalarda, “Neftchi” futbolchilari esa qizil - ko'k liboslarda maydonga tushadigan bo'lishdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar