Bugun "Qo'qon-1912" havorang, “Navbahor” esa qizil liboslarda o'ynaydi

Narzulla Saydullayev
10 iyun 2018, 10:49
Hozirgina Namangandagi “Markaziy” stadionda Superliga 15-turidan o'rin olgan "Navbahor" - “Qo'qon-1912” jamoalari o'yinidan oldingi yig'ilish bo'lib o'tdi.

Yig'ilishda har ikki jamoa vakillari, uchrashuv komissari L Qo'chqorov hamda nazoratchi  N Lutfullinlar ishtirok etishdi va o'yin oldi jarayonlari hamda jamoalar bugun qanday rangdagi liboslarda maydonga tushishlari borasida kelishib olishdi.

Unga ko'ra, bugungi bahsda mezbonlar “Navbahor” jamoasi qizil rangli  formalarda maydonga tushadi. Mehmonlar “Qo'qon-1912” futbolchilari esa havorang formalarda maydonga tushadigan bo'lishdi. Darvozabon esa qizil qora formada maydonga tushadi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: kokand1912.uz