So’nggi yangiliklar

01:17Максим Шацких: “Трансфер ойнаси ёпилгунича 2-3 нафар янги ўйинчи оламиз”  1 00:55"Андижон" назорат ўйинида Тожикистон жамоасини мағлуб этди  1 00:41Футболга қайтиш муборак: "Байер" Эрик тен Хагнинг дебют ўйинида йирик ҳисобда мағлуб бўлди  5 00:21"Манчестер Сити" Траффорд билан шартнома имзолаши мумкин  2 23:59"Ақлдан озаётган" "Тоттенхэм" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширишга тайёрланмоқда  2 23:46Алишер Одилов "Навбаҳор"ни тарк этди  4 23:24Микель Артета: "Мадуэке - АПЛнинг энг яхши ҳужумчиларидан бири"  1 22:50Месси Ямалга қарши: Финалиссима қачон бўлади?  7 22:20Исак "Ал Ҳилол"га ўтиши мумкин  1 21:53"Милан" Спортьеллони собиқ жамоасига қайтариб юборди  0 21:33Гампер Кубоги учун ўйин қаерда бўлади?  4 21:14Расман: Нони Мадуэке - "Арсенал" футболчиси!  5 20:52"Насаф" назорат ўйинида "Машъал"дан устун келди  2 20:10"Милан" Модрич ёрдамида "Реал" аъзоси билан музокара ўтказмоқда  0 19:45Моуринью: "Португалияга қайтаман. Фаолиятим охирида эмас, чўққисида"  2

Bugun qaysi jamoalar JCH-2018ga chiqishi mumkin? Yangiliklar

Bugun qaysi jamoalar JCH-2018ga chiqishi mumkin?

Bugun Evropa va Janubiy Amerika qitasida 2018 yilgi Jahon chempionati uchun saralash bahslari davom ettiriladi.

Ayni paytga qadar Rossiyada o'tadigan mundialda ishtirok etuvchi 8ta jamoaning nomi malum: Rossiya (mezbon), Braziliya, Eron, Yaponiya, Meksika, Belgiya, Janubiy Koreya va Saudiya Arabistoni.

Bugun tunda Evropada va Janubiy Amerika qitasida o'tadigan saralash bahslaridan so'ng yana 5ta jamoa yuqoridagi ro'yxatdan joy olishi mumkin.

Germaniya

Yoaxim Lev shogirdlari bugun safarda SHimoliy Irlandiyani mag'lub etsa muddatdan avval yo'llanmaga ega chiqadi.  

C guruhi
Ozarbayjon - CHexiya 21:00 (barcha soatlar Toshkent vaqti bilan)
SHimoliy Irlandiya - germaniya 23:45
San Marino - Norvegiya 23:45



Angliya

Inglizlar ham bugun JCH ishtirokchilari safiga qo'shilishlari mumkin. Buning uchun ular o'z maydonida Sloveniyani taslim qilishlari lozim. Garet Sautgeyt jamoasini durang ham qoniqtirishi mumkin, faqat bu holatda parallel kechadigan SHotlandiya - Slovakiya uchrashuvida mehmonlar g'alaba qozonmasliklari lozim bo'ladi.

F guruhi

Angliya – Sloveniya. 23:45
SHotlandiya – Slovakiya. 23:45
malta - Litva. 23:45



Polsha

E guruhida Polsha ishonch bilan peshqadamlik qilmoqda. Bugun safarda Armanistonni mag'lub etilsa va CHernogoriya hamda Daniya o'rtasidagi bahsda g'olib aniqlanmasa Levandovski va uning sheriklari Rossiyaga yo'llanmani qo'lga kiritishadi.

E guruhi
Armaniston – Polsha. 21:00
CHernogoriya – Daniya. 23:45
Ruminiya - Qozog'iston. 23:45



Urugvay

Janubiy Amerika qitasidagi saralashida juda chigal vaziyat yuzaga kelgan. Braziliya mundialga chiqib bo'lgan. Urugvay bugun safarda Venesuelani taslim qilsa keyingi yozda Rossiyaga boradi. Durang ham Luis Suares jamoasiga etarli bo'lishi mumkin, ammo bu holatda jamoaning taqdiri boshqa o'yinlarga bog'liq bo'lib qoladi.

Kolumbiya

Kolumbiyaliklar ham bugun yo'llanmaga ega chiqishlari mumkin. Buning uchun o'zlari Paragvayni mag'lub etishlari va boshqa o'yinlardagi natijalarni kutishlari talab etiladi.

01:00 Boliviya - Braziliya     
02:00 Venesuela - Urugvay     
04:30 Kolumbiya - Paragvay     
04:30 CHili - Ekvador     
04:30 Argentina - Peru


Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика