So’nggi yangiliklar

01:17Максим Шацких: “Трансфер ойнаси ёпилгунича 2-3 нафар янги ўйинчи оламиз”  1 00:55"Андижон" назорат ўйинида Тожикистон жамоасини мағлуб этди  1 00:41Футболга қайтиш муборак: "Байер" Эрик тен Хагнинг дебют ўйинида йирик ҳисобда мағлуб бўлди  4 00:21"Манчестер Сити" Траффорд билан шартнома имзолаши мумкин  2 23:59"Ақлдан озаётган" "Тоттенхэм" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширишга тайёрланмоқда  2 23:46Алишер Одилов "Навбаҳор"ни тарк этди  3 23:24Микель Артета: "Мадуэке - АПЛнинг энг яхши ҳужумчиларидан бири"  1 22:50Месси Ямалга қарши: Финалиссима қачон бўлади?  4 22:20Исак "Ал Ҳилол"га ўтиши мумкин  1 21:53"Милан" Спортьеллони собиқ жамоасига қайтариб юборди  0 21:33Гампер Кубоги учун ўйин қаерда бўлади?  4 21:14Расман: Нони Мадуэке - "Арсенал" футболчиси!  4 20:52"Насаф" назорат ўйинида "Машъал"дан устун келди  2 20:10"Милан" Модрич ёрдамида "Реал" аъзоси билан музокара ўтказмоқда  0 19:45Моуринью: "Португалияга қайтаман. Фаолиятим охирида эмас, чўққисида"  2

"Bugun PFL O'FAga “Andijon”dan 3 ochko olib tashlash so'rovi bilan murojaat qiladi" Yangiliklar

"Bugun PFL O'FAga “Andijon”dan 3 ochko olib tashlash so'rovi bilan murojaat qiladi"

PFL bosh direktori maslahatchisi Diyor Imomxo'jaev telegramdagi o'z kanalida "Andijon" klubi haqida yozdi.

SHu vaqtgacha “Andijon” futbol klubi haqida iliq fikrlar yozdik. Jamoa Superligaga chiqishidan tashqari, stadionini ham yangilab oldi.

“Sog'lom avlod”ning ochilish kuni futbolchilar uchun ataldi. Futbolchilardan biri Gentra avtomashinasiga ega chiqdi. Yana bir futbolchiga Toshkent sitidan uy vada qilindi. Jamoa azolari o'yindan oldin alohida 10 million so'mdan va o'yindan keyin yana pul olishdi. O'qishga kira olmayotgan uch abiturient futbolchiga yordam qilish belgilandi. Andijonlik har bir futbolchiga 1 gektardan er, xullas, Superliganing chempion jamoasi futbolchilari ham orzu qiladigan sharoit.

Umuman olganda, viloyat hokimining futbolga bunday g'amxo'rligi ko'pchilikning havasini keltiradi. Biroq tanganing orqa tomonida hal qilinishi kerak bo'lgan ishlar ham bor. Masalan, “Andijon” futbolchilarining tibbiy ko'rigi uchun klub tibbiy markazdan qarzdor. Jamoa, shuningdek, O'zPFL oldidagi moliyaviy majburiyatlarini ham bajarmagan. Erkak futbolchilar rag'batlantirilayotgan bir vaqtda, ayrim ayol futbolchilar o'z haqlarini ololmay, ariza yozib yuribdi. Qolaversa, “Andijon” futbol klubiga Futbolchilar maqomi va o'tishi bo'yicha qo'mita tomonidan belgilab berilgan vaqt tugadi.

Bugun O'zPFL O'zbekiston futbol associaciyasiga qo'mitalari orqali “Andijon”dan 3 ochko olib tashlash so'rovi bilan murojaat qiladi. Yuqoridagi sovg'alar klub kelajagi uchun qanchalik foydali aytish qiyin. Biroq yaxshi yo'lga tushib olishni istagan klub, ortda qolgan muammolarni ham hal qilishi kerak. Yani, muammodan qochish emas, uni echish to'g'ri yo'l. Balki hokimning bu gaplardan xabari yo'qdir. Ishonamizki, xabar topgani hamonoq, muammolar echiladi va natijada klub yuqoridagilardan ko'ra ko'proq foyda ko'radi", - deb yozadi Diyor Imomxo'jaev telegramdagi o'z kanalida. 

Malumot uchun, "Andijon" klubi 5ta turda 5 ochko to'pladi va musobaqa jadvalining 11-pog'onasida bormoqda.

Reyting: +28   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика