Bugun O'zbekiston U-19 Saudiya Arabistoni bilan o'ynaydi
28 apr 2016 13:19
Yangiliklar
Bugun O'zbekiston U-19 Saudiya Arabistoni bilan o'ynaydi
O'zbekiston yoshlar terma jamoasi bugun Saudiya Arabistoni U-19 terma jamoasi bilan birinchi o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazadi.
Jasur Abduraimov boshchiligidagi O'zbekiston U-19 terma jamoasi ayni paytda Saudiya Arabistonida yig'in o'tkazmoqda. O'quv-mashg'ulot yig'inlari doirasida Saudiya Arabistoni yoshlar terma jamoasiga qarshi ikki bor o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazish rejalashtirilgan.
Saudiya Arabistoni U-19 – O'zbekiston U-19 o'rtasidagi dastlabki uchrashuv bugun, 28 aprel kuni o'tkaziladi. Ikkinchi bahs 30 aprel sanasiga mo'ljallangan. Har ikki uchrashuv Saudiya Arabistoni vaqti bilan soat 18:45da (Toshkentda 20:45) boshlanadi.
O'rtoqlik o'yinlari Saudiya Arabiston qirolligining Al-Xobar shahrida bo'lib o'tadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди
АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади
Равшан Ҳайдаров: "Уч очко қўлга киритилди. Болаларча қилинган хатолар Эронга қарши ўйинда такрорланмайди деб умид қиламан"
Fikrlar