Bugun O'zbekiston terma jamoasi o'rtoqlik o'yini o'tkazadi
12 fev 2021 07:50
Yangiliklar


Bugun O'zbekiston terma jamoasi o'rtoqlik o'yini o'tkazadi
O'zbekiston milliy terma jamoasi bugun BAAdagi o'quv-mashg'ulot yig'ini doirasidagi dastlabki nazorat uchrashuvini o'tkazadi.
Toshkent vaqti bilan soat 11:30 da boshlanadigan uchrashuvda Vadim Abramov shogirdlari Sankt-Peterburgning "Zenit" klubiga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv Dubay shahrida joylashgan NAS sport majmuasida tashkil etiladi.
Kecha mazkur o'yin yopiq eshiklar ortida o'tkazilishi malum qilingandi.
Reklama
O’xshash yangiliklar

Fikrlar