So’nggi yangiliklar

10:10“Барселона“ йирик трансферни амалга оширишга яқин  3 09:43“Ювентус“ “Адидас“ билан янги шартнома имзолади. Келишув суммаси маълум  0 09:18Ўзбекистон кубоги. Бугун яна иккита чорак финалчилар аниқланади  2 08:47Саудия Арабистоннинг бир йўлла учта жамоаси АПЛ юлдузига таклиф билан чиқишди  1 08:40КЖЧ. 39 ёшли Серхио Рамос "Интер" дарвозасига гол урди  0 08:20МЮ “Барселона“га супер таклиф билан чиқди  6 07:52Шомуродовга қизиққан МЛС жамоаси маълум  16 07:25Ҳусанов тарихга кириши мумкин! Бугун “Манчестер Сити“ клублар ўртасидаги юришини бошлайди  10 06:50КЖЧ. "Урава Ред" сардори "Ривер Плейт" футболчиларига нисбатан ҳурматсизлик қилди  0 02:39Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ўртоқлик ўйинида Боливияга ютқазди  18 00:34Месси Баджодан Италиянинг 1994-йилги ЖЧ либосини совға сифатида олди  7 23:59Мбаппе иситма туфайли "Реал" машғулотида қатнашмаяпти. Эртага "Ал-Ҳилол" билан ўйин  1 23:39Доннарумма FourFourTwo талқинига кўра дунёнинг энг яхши дарвозабони  3 23:04КЖЧ. Танташев бошқарган ўйинда "Боруссия Д" ва "Флуминенсе" дуранг қайд этишди  1 22:48Хвича Кварацхелия: "Менга Роналдунинг ўйини ёқади, лекин Месси бошқа сайёрадан"  12

Bugun O'zbekiston terma jamoasi Namanganda Gana bilan o'ynaydi Yangiliklar

Bugun O'zbekiston terma jamoasi Namanganda Gana bilan o'ynaydi

Bugun futbol bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi Gana terma jamoasi bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi.

Bugungi bahsda Gana milliy terma jamoasining asosiy tarkibi ishtirok etmaydi. Sababi kecha, 25 mart kuni Gana terma jamoasi Afrika Kubogi saralashi doirasida JAR mehmoni bo'ldi. O'zbekistonga esa Gana B yani ikkinchi terma jamoa tashrif buyuradi. Gana B terma jamoasi bosh murabbiyi Ibrohim Tanko O'zbekistonga 20 nafar futbolchi bilan tashrif buyurgan. Ro'yxatda faqat Gana klublarida o'ynaydigan futbolchilar joy olgan: 



Gana O'zbekistonga "B"dan pastroq tarkibda kelganmi?        




Vadim Abramov esa Gana va Iroq bilan o'yinlar uchun quyidagi futbolchilarni chaqirgan: 

Darvozabonlar: Abduvohid Nematov ("Nasaf"), Javohir Ilyosov ("Lokomotiv").

Himoyachilar: Islomjon Qobilov ("Lokomotiv"), Ibrohimhalil Yo'ldoshev ("Paxtakor"), Murod Xolmuhammedov ("Qo'qon-1912"), Farruh Sayfiev ("Paxtakor"), Sanjar Qodirqulov ("Lokomotiv"), Islom To'xtaxo'jaev ("Qizilqum"), Azimjon Ahmedov ("Navbahor"), Anzur Ismoilov ("Paxtakor"), Iskandar SHaykulov ("So'g'diyona").

Yarim himoyachilar: Hojimat Erkinov ("Paxtakor"), Oybek Bozorov ("Nasaf"), Odiljon Hamrobekov ("SHabab Al Ahli", BAA), Otabek SHukurov ("SHarja", BAA), Jaloliddin Masharipov ("SHabab Al Ahli", BAA), Humoyunmirzo Iminov ("Paxtakor"), Sanjar SHoahmedov (AGMK), Sardor Rashidov ("Paxtakor"), Dostonbek Hamdamov ("Xatta", BAA), Oston O'runov ("Ufa", Rossiya), Javohir Qahramonov ("So'g'diyona"), Javohir Sidiqov ("Lokomotiv").

Hujumchilar: Eldor SHomurodov ("Jenoa", Italiya), SHahzodbek Ubaydullaev ("SHaxtyor Soligorsk", Belarus, Igor Sergeev ("Aktobe", Qozog'iston).


Kecha har ikkala terma jamoa bosh murabbiylari va bir nafardan futbolchisi ishtirokida matbuot anjumani bo'lib o'tdi. 

"O'zbekiston terma jamoasi JCH saralashining keyingi bosqichiga chiqishiga va uzoqroqqa borishiga ishonaman. Osiyo futboli men uchun yangilik emas". Gana terma jamoasi bosh murabbiyi ishtirokidagi matbuot anjumani          

Vadim Abramov: "Gananing qaysi tarkibi kelsa ham baribir kuchli raqib. "Mersedes"ni bolalar uyiga topshirishga tayyorman" (to'liq)        



O'rtoqlik uchrashuvi
O'ZBEKISTON - GANA
26 mart 2021 yil. Namangan. "Markaziy" stadion. 18:00
Hakamlar:
Dayirbek Abdildaev, Sergey Grishchenko, Ismoilxon Tolipjonov, Nurzutbek Askat o'g'li (barchasi Qirg'iziston).
Nazoratchi: Bahodir Qo'chqorov (Qirg'iziston).



Kecha "Paxtakor" stadionida O'zbekiston terma jamoasi o'yinoldi rasmiy mashg'ulotni o'tkazdi. 

Foto. Rashidovdan To'xtaxo'jaevga "sovg'a", Anzur Murodga qarshi - O'zbekiston MTJ Gana bilan o'yindan oldingi rasmiy mashg'ulotni o'tkazdi    

Video. O'zbekiston MTJning Gana bilan o'yindan oldingi rasmiy mashg'uloti + Hamdamovdan intervyu 


Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика