Bugun O'zbekiston Moskvada Serbiya bilan o'ynaydi
23 avg 2019 12:13
Yangiliklar


Bugun O'zbekiston Moskvada Serbiya bilan o'ynaydi
O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi shu kunlarda Moskvada bo'lib o'tayotgan “Star Way” nomli Valentin Ivanov xotira-turnirida ishtirok etmoqda.
Musobaqaning 1-turida Azamat Abduraimov shogirdlari Turkiyaga qarshi maydonga tushishdi va 2:3 hisobida yutqazib qo'yishdi. Guruhdagi ikkinchi o'yinda Serbiya Rossiyani xuddi shu hisobda mag'lub etdi.
Bugun esa o'smirlarimiz 2-turda Serbiya bilan kuch sinashishadi. Bu o'yin Toshkent vaqti bilan soat 17:00da boshlanadi.
“Star Way” nomli Valentin Ivanov xotira-turniri
21 avgust
Turkiya - O'zbekiston 3:2
Serbiya - Rossiya 3:2
23 avgust
17:00 - O'zbekiston - Serbiya
20:00 - Rossiya - Turkiya
25 avgust
17:00 - Serbiya - Turkiya
20:00 - Rossiya - O'zbekiston
Soat 17:00dan boshlab O'zbekiston - Serbiya uchrashuvini tomosha qilish imkoniyati bo'ladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar