So’nggi yangiliklar

00:45МЮ яна Шешко вариантига қайтди. Бунинг учун клуб ўйинчи сотиши керак  0 00:19"Сўғдиёна" ўртоқлик ўйинида "Абдиш Ата" клуби билан дуранг ўйнади  1 23:59Винисиус янги шартнома бўйича "Реал"да Мбаппедан кўпроқ маош олишни истамоқда  5 23:35"Реал" Конатенинг трансфери бўйича "Ливерпуль" билан алоқага чиқди  2 22:45"Барса" Рэшфордни тўлиқ сотиб олиши учун қанча тўлаши кераклиги маълум. Футболчи маоши бироз камайишига рози бўлган  3 22:25"Нефтчи" ўртоқлик ўйинида Қирғистоннинг "Нефтчи" клубини ўта йирик ҳисобда ютди  11 22:01Мбемо "МЮ"да тиббий кўрикдан ўтди ва шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  3 21:35Расман: Тома Табатадзе "Бухоро" клубига ўтди!  16 21:07"Динамо" Беларусда ўтказилган назорат ўйинида маҳаллий жамоага ютқазди  1 20:35АПЛнинг икки клуби Коло-Муани билан шартнома имзоламоқчи  0 20:15Расман: Жаҳонгир Абдусаломов "Динамо" футболчисига айланди  3 19:49Сауль "Атлетико" билан шартномани бекор қилиб, турк клубига ўтади  0 19:34МЮ Жексоннинг агенти билан музокара ўтказди  2 18:50Петар Шегрт: “Лёв билан бўлган суҳбатимиз ОАВда тарқалиб кетишини истамайман. ЎФАдан бўлган таклиф ҳақида сўрамайман. Тожикистондан кетганимга сабаб…”  12 18:26Диалло "МЮ" ҳақида: "АПЛда кучли бешликка кирсак, мавсумни омадли деб ҳисобласа бўлади"  2

Bugun “Orzu” kitobining taqdimoti bo'ladi Yangiliklar

Bugun “Orzu” kitobining taqdimoti bo'ladi

Teglar :  KitobOrzu
Hayotda yoki aynan futbolda qanday qilib, yuksak chuqqilarni zabt etish mumkin? Nima qilsak, jahonnning mashhurlaridan biriga aylanamiz?

 Messi o'zga sayyoralikmi? Unda siz qaerdan kelib qolgansiz? Sizda ham ulardagi qobiliyat bormi? Bor bo'lsa, o'zingiz bunga ishonasizmi?

Bilasizmi? Dunyoning mashhur futbolchilarining sizdan hech qanday ustunlik tomoni yo'q!

Xo'sh, agar ularning sizdan ustunlik tomoni bo'lmasa, nega siz mashhur emassiz?

Nega siz doim “normalnyy”siz? Siz hamma qatorimisiz? Yoki Siz boshqachamisiz? Nega ko'pgina hujumchilarimiz, maydonni golsiz tark etishayapti? Nega milliy terma jamoamiz safida to'p tepayotgan futbolchilarimiz, biz istagan natijalarni qo'lga kirita olmayapti?

“ORZU” kitobini o'qib chiqsangiz, ko'pgina ana shunday savollarga javob topasiz! Balki, bu kitobni o'qib chiqqan futbolchi ukalarimizdan kelajakda dunyoga mashhur futbolchilar etishib chiqar!   

Millionlar o'yini futbolga, dunyoning ko'p joylarida bo'lgani kabi, yurtimizda ham qiziqmaydigan inson kam topiladi. SHunchaki futbol o'ynash emas, balki hamma havas qiladigan, olamda mashhur futbolchi bo'lish uchun kishida qanday hislatlar bo'lishi kerak? Muallif, ushbu kitobida inson ruhiyati imkoniyatlarining qanday katta kuchga ega ekanligini keng yoritib bergan.

Qani endi, ushbu kitob har bir futbolchida, ularning mashhur futbolchi sifatida ko'rish niyati bo'lgan ota-onalarida, unga futbol sirlarini o'rgatayotgan murabbiylarida bo'lsa edi.

Muallif haqida qisqacha malumot: Mahmayusuf Berdiev. 1969 yilda Kitob tumani Ko'mirtepa qishlog'ida tug'ilgan. O'zbekiston Milliy universitetining fizika fakultetini tugatgan. Dastlab Maydanak observatoriyasida kichik ilmiy xodim lavozimida ishlagan. “Kitob” futbol jamoasi o'yinchisi, bolalar va o'smirlar futbol maktabi murabbiysi, direktori singari vazifalarida qariyb yigirma yil faoliyat olib borgan. FIFA “S” toifasidagi licenziya sohibi.

Muallifning “Orzu” kitobi yaqinda nashrdan chiqarildi. Kitob O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan murabbiy, professor Rustam Akramovning kirish so'zi bilan boshlangan. U kishi: “Faqat bir jihatdan afsuslanaman. Mening o'smirlik yillarimda yuksak maqsadlar sari eltuvchi “Orzu” kabi kitobning bo'lmaganligi… Kim biladi, balki bunday kitob bilan mening hayot yo'lim va sportdagi faoliyatim yanada omadliroq va yorqinliroq bo'larmidi?..” . Yana: “Agar siz “Yulduz” bo'lishni hohlasangiz, agar sizda millioner bo'lish niyati bo'lsa, mening aziz va yosh hamkasblarim, bu kitobni o'qib chiqishga shoshiling, uning har bir bobiga singib keting”,-deydilar.

SHuningdek mazkur kitob haqida, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan yoshlar murabbiyi, taniqli futbol sharhlovchisi, mamlakatimizdagi futbol jurnalistlarining katta ustozi Axbor aka Imomxo'jaev ham juda ko'p ijobiy fikrlarni aytganlar.

“Orzu” kitobidagi mavzular asosan futbolchilar uchun mo'ljallangandek, ammo bu kitobdan  keng omma ham foydalansa bo'ladi. Bunga misol tariqasida, kitobga kiritilgan so'nggi kulminacion bob – “Oltinchi sezgi”ni keltirish mumkin.

Kitobdan iqtibos keltiramiz: “Oltinchi sezgisi ishga tushgan futbolchilar MUVAFFAQIYATGA MAHKUMDIRLAR! Ularni biz tug'ma talant, tug'ma istedod, deb ataymiz. Va o'zimizcha vaqt ham belgilaymiz. Yani, bunaqa istedodlar 30 yilda, 50 yilda, 100 yilda bir marta dunyoga keladi, deymiz. SAFSATA! Dunyoga kelgan har bir o'g'il – qiz tabiiy istedodli va talanti bilan dunyoga keladi. Faqat oltinchi sezgisini ongsiz ravishda ishga tushirib, undan foydalanadiganlar bor va oltinchi sezgisini uyg'atolmay undan foydalana olmaydiganlar bor, xolos. Bu sezgi hammada bor. Yo'q bo'lishi mumkin emas”.

Kitobning to'liq mohiyatini o'qib chiqqandan keyin bilasiz. Ishonchimiz komil, bir marta o'qib, yana boshidan boshlab yuborganingizni bilmay qolasiz. Bu kitob qayta-qayta o'qishga arziydigan kitob.

Bugun Qarshi shahridagi “Markaziy” stadion anjumanlar zalida ushbu kitobning taqdimot marosimi o'tkaziladi. Marosimda mamlakatimizning taniqli jurnalistlari, murabbiylar va futbol sohasida faoliyat yuritayotgan mutaxasislar ishtirok etishadi.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика