So’nggi yangiliklar

00:49Шахзод Азмиддинов "Пахтакор" билан хайрлашди  4 00:15Ўзбекистон U-17 терма жамоаси "Чертаново" билан дуранг ўйнади  7 23:57"Реал" Конатени нишонга олди  2 23:28"Пахтакор" бугун Камолиддин Тожиевни бош мураббий этиб тайинлади, аммо унда Про лицензияси йўқ  3 23:14Расман: "Арсенал" Гёкерешни 63,5+10 млн еврога сотиб олди  6 22:58Гёкереш тиббий кўрикдан ўтди ва "Арсенал" билан шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  2 22:35Назорат ўйини. "Нефтчи" ФарДУни аяб ўтирмади, Нимели ва Марушичдан дубль  6 22:17Александар Митрович - "Манчестер Юнайтед"нинг янги мақсади  1 21:45Назорат учрашуви. "Пахтакор" ва "Бунёдкор" жамоалари ўртасидаги ўйинда ғолиб номи аниқланмади  8 21:22"Тоттенхэм" Родриго учун курашга киришди  2 20:47"Манчестер Сити" Эдерсонни сотишга тайёр  2 20:20Ўртоқлик ўйини. "Сурхон" "Бухоро"дан устун келди  7 19:58"Ливерпуль" Англия терма жамоаси вингерини нишонга олди  3 19:00Ўртоқлик ўйини. "Милан" Гонконгда "Ливерпул"ни мағлуб этди  4 18:40"Реал" "Арсенал" билан учрашув учун делегация тайёрламоқда  10

Bugun "Navbahor" ustozi Deyan Jurjevich 52 yoshga to'ldi Yangiliklar

Bugun "Navbahor" ustozi Deyan Jurjevich 52 yoshga to'ldi

Bugun Namanganning "Navbahor" jamoasi bosh murabbiyi Deyan Jurjevich o'z tavallud ayyomini nishonlamoqda.

O'tgan hafta serbiyalik mutaxassis "Navbahor" klubiga bosh murabbiy etib tayinlangandi.  

Deyan Jurjevich - 1967 yilning 4 iyul kuni Serbiyaning Lazarevac shahrida dunyoga kelgan. Jurjevich futbolchilik faoliyati davomida Serbiyaning “Kolubara” (Lazarevac), OFK (Belgrad, 1989-1993, 1994-1996, 2000-2002), “CHukarichki” (CHukarica, 1996-1998), Greciyaning “Apollon Smirnis” (Afina, 1993-1994), SHveciyaning “AIK” (Stokgolm, 1998-2000) klublari sharafini himoya qilgan. Sobiq Yugoslaviya terma jamoasi (1994-1995 yillar) tarkibida maydonga tushgan. 1999 yilda “AIK” klubi bilan SHveciya kubogini qo'lga kiritgan. 

Jurjevich murabbiylik faoliyatini Serbiyaning OFK klubi yoshlar jamoasida boshlagan va 2006 yilgacha bosh murabbiy vazifasini bajargan. 2007-2008 yillarda Serbiya yoshlar (U-23) terma jamoasida ishlagan. 2008-2009 yillarda “CHukarichki” klubini boshqardi. 2009-2011 yillarda yana OFK klubiga ustozlik qilgan. 2010 yili jamoasi bilan Serbiya chempionatining bronza medaliga sazovor bo'lgan. 

Deyanni o'zbekistonlik futbol muxlislari 2011 yildan buyon bilishadi. U 2011-2012 yillarda “Paxtakor” jamoasida faoliyat yuritgan. “SHerlar”ning 2011 yilgi mavsumda bronza medali hamda O'zbekiston kubogini qo'lga kiritishida bugun tavallud ayyomini nishonlayotgan Deyan akaning ham xissasi katta. Jurjevich 2012 yilda vataniga jo'nab ketadi. Oradan uch yil o'tib, aniqrog'i 2015 yilning yozida yana yurtimizga qaytib keladi. U milliy terma jamoamizda 2017 yilgacha texnik direktor lavozimida ishladi. Jurjevichning "Navbahor"ga kelgunga qadar oxirgi jamoasi Serbiyaning “Zemun” klubi bo'lgandi. 

Temurxo'ja Abduxoliqov, "Lokomotiv" hujumchisi

- Deyan Jurjevich "Paxtakor"ga kelganida, O'zbekiston olimpiya terma jamoasi azosi bo'lganim sababli deyarli "Paxtakor" bilan shug'ullanmagan edik. Mavsum boshlanganida murabbiy o'zi uchun asosiy tarkibni aniqlab bo'lgandi. Avvaliga men undan hafa ham bo'ldim. Keyin bilsam, u futbolchini kelajagining yaxshi ko'ra oladigan hamda ertangi kun uchun meni asragan ekan. SHu boisdan undan minnatdorman. U menga ko'p bora Osiyodan tezroq chiqib ketishim kerakligini aytar edi. Ketayotganida esa men bilan bir kishi aloqaga chiqishini aytdi. Keyin Pesta qo'ng'iroq qildi. Orada Malayziya va arab davlatlaridan katta summa evaziga menga takliflar kela boshladi. Ammo, maqsad bitta edi: Angliya, Ispaniya bo'lmasada, Evropaga ketish. Buni menga agentim ham tushuntirdi. Futbolchilar uchun Xorvatiya va Avstriya kabi mamlakatlar tramplin bo'la olishini o'zim ham bilar edim. "Xayduk"ni har bir o'yiniga o'rtacha 10 nafarga yaqin skaut kelib kuzatar ekan. Xullas, Xorvatiya chempionatida legioner sifatida o'ynashimga Jurjevich sababchi bo'lgandi. 

Fursatdan foydalanib, Deyan Jurjevichning bugungi tavallud kuni bilan saytimiz xodimlari va o'quvchilari hamda "Navbahor" klubi muxlislari nomidan muborakbod etamiz. Yangi ish joyidagi debyut muvaffaqiyatli bo'lishiga tilakdoshmiz!

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика