Bugun Mochinov shogirdlarining o'yini bor
20 avg 2014 15:17
Yangiliklar
Bugun Mochinov shogirdlarining o'yini bor
O'smirlar o'rtasidagi Osiyo chempionatiga tayyorgarlik ko'rayotgan O'zbekiston (U-16) terma jamoasi bugun Toshkentda oxirgi o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazadi.
Aleksandr Mochinov boshqarayotgan jamoaning bugungi raqibi “Bunyodkor” o'rinbosarlari bo'ladi. Uchrashuv 17:00da “Bunyodkor” stadionining qo'shimcha maydonida boshlanadi. Mochinov shogirdlari 17 avgust kuni Qibrayda “Paxtakor” yoshlariga qarshi maydonga tushib, 2:4 hisobida mag'lub bo'lishdi.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi 24 avgust kuni Malayziyaga jo'nab ketishadi va u erda mezbonlarga qarshi ikkita nazorat bahsi o'tkazishadi. SHundan so'ng o'smirlarimiz Malayziyadan to'g'ri Tailandga yo'l olishadi. CHunki bu mamlakatda 6 sentyabrdan boshlab navbatdagi Osiyo chempionati start oladi. O'smirlarimiz “C” guruhida Nepal, KXDR va Quvaytga qarshi maydonga tushishadi.

Fikrlar