Bugun Masharipov "Al Nassr" safida rasmiy debyut qilishi mumkin

Narzulla Saydullayev
13 avg 2021, 11:56
11 avgust kuni Saudiya Arabistoni chempionatida yangi mavsum boshlandi.

Bugun o'zbekistonlik yarim himoyachi Jaloliddin Masharipov faoliyat olib borayotgan "Al Nassr" klubi 1-tur uchrashuvini o'z maydonida "Damak" jamoasigaqarshi o'tkazadi. Mazkur bahs Toshkent vaqti bilan soat 21:05da boshlanadi. Katta ehtimol bilan Masharipov yangi klubi safida rasmiy debyutini nishonlaydi. 

Bir necha kun avval hamyurtimiz "Al Shoulla"ga qarshi uchrashuvda gol va golli uzatma muallifiga aylangan edi.



O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia