Bugun “Lokomotiv”ga bir qator etakchilar yordam bera olishmaydi
20 iyu 2017 14:12
Yangiliklar
Bugun “Lokomotiv”ga bir qator etakchilar yordam bera olishmaydi
Bugun “Lokomotiv” milliy chempionatimiz 14-tur o'yinlari doirasida “Dinamo”ga qarshi bahs olib boradi.
Takidlash joizki, mazkur uchrashuvda jamoamizga bir qator etakchi futbolchilar yordam bera olishmaydi. Jumladan, Diyor Turopov, Islom To'xtaxo'jaev hamda Marat Bikmaevda jarohat bor ekani sabab ushbu futbolchilar bugungi bahsni o'tkazib yuborishadi. Qolaversa, sariq kartochkalari to'planib qolgani sababli Jaloliddin Masharipov ham “Dinamo”ga qarshi o'yinda ishtirok eta olmaydi.
Eslatib o'tamiz, “Lokomotiv” – “Dinamo” qarama-qarshiligi soat 19:00da “Lokomotiv” stadionida start oladi.
O’xshash yangiliklar
13:16
Bosh hakamni ayovsiz tanqid qilgan "Lokomotiv" klubi matbuot xizmati jarimaga tortiladigan bo'ldi 6
Fikrlar