So’nggi yangiliklar

13:35Неймар ва "Сантос" шартномани 2026 йил якунига қадар узайтиришди  0 13:02Бугунги ўйинлар: Ўзбекистон U-23 — Ливан U-23, Ҳусанов “Сити” билан уйда ва бошқалар  2 12:56Месси ижтимоий тармоқлар ҳақида: "Гоҳида кимдандир "отписка" қилишни хоҳлайман, лекин бунинг оқибатларини биламан"  5 12:23U-23 Осиё Кубоги: юришимиз Ливандан бошланади. Рақиб ҳақида нималарни биламиз?   0 12:22"Ювентус"нинг мағлубиятсиз серияси 6 та ўйинга етди – 5 та ғалаба ва бир дуранг  1 11:54Месси Майамидаги ҳаёти ҳақида: "Бу ерда анча хотиржам яшаяпман. Одамлар футболга катта аҳамият беришмайди"  3 11:31"Ман Сити" 20 ёшли марказий ҳимоячисини Бундеслига жамоасига ижарага берди  0 10:48Лионель Месси келажакда ўзини мураббий сифатида кўриш-кўрмаслиги ҳақидаги саволга жавоб берди  1 10:20МЮни бошқариш учун асосий даъвогар маълум  11 09:53"Андижон" Туркияга йўл олди. Йиғинга йўл олган таркиб билан танишинг  11 09:26Расман. "Бунёдкор" янги мавсум олдидан илк трансферини эълон қилди  1 09:00He Were Go. "Манчестер Сити" қишдаги илк транферини амалга оширди  2 08:32Африка Миллатлар Кубоги. Чорак финал жуфтликлари маълум  2 08:05"Сабаҳ" Раҳмоналиевни қанчага сотиб олгани маълум  2 07:37U-23 Осиё кубоги. Бугун Олимпия терма жамоамиз ўз юришини бошлайди  6

Bugun katta futbol. "Qo'qon-1912" - "Lokomotiv" Yangiliklar

Bugun katta futbol. "Qo'qon-1912" - "Lokomotiv"

Bugun oliy liganing 10-turidan o'rin olgan so'nggi uchrashuv bo'lib o'tadi.

Bunda chempionlik uchun kurashayotgan "Lokomotiv" safarda "Qo'qon-1912" mehmoni bo'ladi.

Agar bugun "Loko" g'alaba qozongudek bo'lsa turnir jadvalida yana birinchi o'ringa ko'tarilib oladi. Hozircha "Bunyodkor" 26 ochko bilan birinchi, "Loko" esa 25 ochko bilan ikkinchi o'rinda bormoqda. Bugungi raqibimiz "Qo'qon-1912" oliy ligada qolish uchun harakat qilmoqda.

Oliy liga. 10-tur. 30 may.
"Qo'qon-1912" - "Lokomotiv"


Boshlanish vaqti: 17:30
Bosh hakam: SHerzod Qosimov

Turnir jadvalidagi o'rni: "Qo'qon-1912" 15-o'rin (6 ochko), "Lokomotiv" 2-o'rin (25 ochko)
Ochkolar orasidagi farq: 19

Tarif: Aytib o'tganimizdek, chempionlik uchun kurashayotgan va elitada jon saqlash uchun harakat qilayotgan jamoalar bahsi. Uchrashuv qiziq kechishini taxmin qilish qiyin emas. O'tgan yil "Lokomotiv"ning chempionlikdan mahrum bo'limshiga qaysidir manoda Qo'qonda kechgan o'yin ham sabab bo'lgandi. O'shanda "temiryo'lchilar" 2:0 hisobida oldinda borayotib, yakunda durang o'ynashgandi. Bugungi bellashuv qanday kechishini esa vaqt ko'rsatadi.
 
Fakt:"Qo'qon-1912" hisobida atigi ikkita g'alaba bor va ikkalasi ham uydagi uchrashuvda qayd etilgan. Jamoa o'z maydonida "Obod" va "Andijon"ni mag'lub etgan. SHundan keyin qo'qonliklar qatorasiga oltita bellashuvda imkoniyatni boy berishdi. Jamoa o'z maydonidagi oxirgi uchta o'yinda faqat yutqazdi. "Lokomotiv" esa safarda mag'lubiyat nimaligini bilmay kelmoqda. Jamoa bungacha safarda beshta uchrashuvda maydonga tushib, to'rttasida g'alaba qozondi va bir bor durang qayd etdi. Bundan tashqari, "Loko" 23 gol bilan oliy ligada eng ko'p to'p kiritgan jamoa bo'lib turibdi.

Eslatma: Kecha bo'lib o'tgan "Qo'qon-1912" hamda "Lokomotiv" o'rinbosarlari ishtirokidagi Yoshlar ligasi bahsida "lokochilar" 2:0 hisobida zafar quchishdi. Bunda Quvondiq Ro'ziev bilan Bobir Tillaboev gol muallifi bo'lishdi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика