Bugun JCH-2022 uchun qura tashlanadi
01 apr 2022 09:23
Yangiliklar


Bugun JCH-2022 uchun qura tashlanadi
Hozircha JCHda qatnashuvchi 29 ta terma jamoaning nomi aniq bo'lib ulgurgan. Yana uchta yo'llanma egasi iyun oyidagi pley-off bahslarida malum bo'ladi.
Qura tashlash marosimi bugun bizning vaqtimiz bilan soat 21:00da boshlanadi. Jahon chempionati shu yil 21 noyabr - 18 dekabr kunlari Qatarda o'tkaziladi.
Qura uchun terma jamoalar quyidagicha savatchalarga ajratilgan:
Birinchi savatcha: Qatar (mezbon), Braziliya, Belgiya, Franciya, Argentina, Angliya, Ispaniya, Portugaliya.
Ikkinchi savatcha: Niderlandiya, Daniya, Meksika, Germaniya, AQSH, Urugvay, SHveycariya, Xorvatiya.
Uchinchi savatcha: Senegal, Eron, Yaponiya, Marokash, Serbiya, Polsha, Janubiy Koreya, Tunis.
To'rtinchi savatcha : Kamerun, Kanada, Ekvador, Saudiya Arabistoni, Gana, Peru/Avstraliya/BAA terma jamoalaridan biri, Kosta-Rika yoki Yangi Zelandiya, SHotlandiya/Ukraina/Uels terma jamoalaridan biri.
Siz uchun qaysi guruh qiziq bo'lgan bo'lardi? Taxminlaringizni yozib qoldiring.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar