So’nggi yangiliklar

20:22Суперлига. "Машъал" Ғузорда "Шўртан"дан устун келди  7 19:53Виктор Гёкереш – Португалия чемпионатида мавсумнинг энг яхши футболчиси  0 19:24"Арсенал" икки етакчиси билан шартномани узайтирмоқчи  2 18:55Испания терма жамоаси бош мураббийи: "Ле Норман – Европанинг энг яхши ҳимоячиларидан бири"  0 18:24"Бавария" 14 ёшли Ямаль билан шартнома имзоламоқчи бўлган  2 17:56"Челси"га Англия футбол ассоциацияси томонидан 74 та айблов қўйилди  1 17:22Вадим Абрамов: "Андижон" Азмиддинов қизил карточка олгани учун биз билан ҳозир ўйнашга рози бўлмади"  14 16:52ЖЧ-2026 фаворитлари айтилди. Ўзбекистон қайси ўринда?  21 16:24Франция терма жамоаси собиқ дарвозабони фаолиятини якунлади  0 15:556 минг сиғимли стадион "Барса" – "Валенсия" учрашувини қабул қилади. Ла Лига рози  2 15:28"Реал" собиқ футболчиси Гонконгга кўчиб ўтди  0 14:54АПЛ топ-клублари "Барселона" вундеркиндини сотиб олмоқчи  5 14:27Чемпионлар Лигаси 2026/27 йилги мавсум финали Мадридда ўтказилиши мумкин  4 14:05Суперлига. "Насаф" — "Бухоро" 5:0  1 13:57Тимур Кападзе: "Атрофдаги воқеалардан жуда чарчадим"  127

Bugun Italiyadagi markaziy to'qnashuvni o'tkazib yubormang Yangiliklar

Bugun Italiyadagi markaziy to'qnashuvni o'tkazib yubormang

Bugun Italiya A Seriyasida 6-turga start beriladi.

Tur markaziy uchrashuv bilan boshlanadi. "San Siro" stadionida "Inter" jamoasi "Fiorentina"ni qabul qiladi.

Mezbonlar bu o'yinga fantastik kayfiyatda etib kelishdi desak xato bo'lmaydi. "Inter" o'tgan hafta ECHL 1-turi doirasida "Tottenxem"ga qarshi bahsda 90+2 daqiqada gol urib g'alabani ilib ketgan bo'lsa, dam olish kunlari A Seriya 5-turi doirasida "Sampdoriya" bilan bellashuvda 90+3 daqiqada Marselo Brozovich kiritgan gol evaziga 3 ochkoga ega bo'ldi. Lekin, "Sampdoriya"ga qarshi uchrashuvda kiritilgan golni nishonlashda haddan tashqari ehtiroslarga berilib ketgan milanliklar bosh murabbiyi Luchano Spalletti bitta o'yinga diskvalifikaciya qilingan. Demak, u bugun tunda jamoasini chiziq yonida boshqarib tura olmaydi. Ko'ramiz, "ko'k-qoralar" ustozlarisiz murakkab raqibni enga olishadimi?



"Fiorentina" ayni paytda "Inter"dan ko'ra tomoshabop futbol o'ynamoqda. Stefano Pioli boshchiligidagi florenciyaliklar A Seriyadagi eng yosh jamoa hisoblanishadi. Yosh tarkibni hujumkor o'ynatayotgan murabbiydan bugun ham odatiy o'yinni kutsak bo'ladi. Jamoa joriy mavsum "Sassuolo"dan keyin "Yuventus" bilan birga eng ko'p gol urgan klub bo'lib turishibdi. Mehmonlarning quvnoq o'yini muxlislarni o'ziga tortmoqda. To'g'ri, jamoa hozirga kelib jiddiy raqiblardan faqat bittasi bilan uchrashdi va unda ham mag'lub bo'ldi ("Napoli"ga 4-turda). Muhimi esa bu jamoaning o'yinlarini kuzatish qiziq bo'lmoqda. Ayniqsa, jamoaning hujumdagi uchligi Keza-Simeone-Pyaca sermahsullik borasida o'zlarini ko'rsatishmoqda. SHuningdek, gol urish borasida Marko Benassi ham o'zini eslatib qo'ymoqda.



Xullas, bugun futbol muxlislarini 23:59dan boshlab "Inter" - "Fiorentina" bellashuvini tomosha qilishga chorlab qolamiz. Ketgan vaqtingizga achinmaysiz.

Qiziqarli faktlar:

- "Inter" barcha musobaqalar doirasida "Fiorentina"ga qarshi o'z uyida o'tkazgan oxirgi 17ta uchrashuvdan 15tasida g'alaba qozongan;
- Bu jamoalar "San Siro"da so'nggi marotaba 1996 yilning noyabr oyida durang o'ynashgan. O'shanda 2:2 hisobi qayd etilgan;
- O'tgan mavsum bu jamoalarning Milanda o'tgan bahsida "neradzurrilar" 3:0 hisobida ustun kelishgan.


A Seriya, 6-tur
25.09.2018, 23:59
"San Siro", Milan
"Inter" - "Fiorentina"
Bosh hakam:
Paolo Silvio Maccoleni

Taxminiy tarkiblar:

"Inter":
Xandanovich – D’Ambrozio, SHkrinyar, de Vrey, Asamoa – Vesino, Brozovich – Kandreva, Nainggolan, Perishich – Ikardi.

"Fiorentina": Lyafont – Milenkovich, Pesselya, Vitor Xyugo, Biragi – Edimilson, Veretu, Benassi – Keza, Simeone, Pyaca.

O'ynamaydi: SHime Vrsalko ("Inter").

"Fiorentina" forvardi Federiko Keza o'tgan turda SPAL darvozasiga jamoasining uchinchi golini kiritganidan so'ng uni maydon chetida "ballboy"lik qilayotgan kichkina ukasi bilan nishonladi.


Italiya chempionati turnir jadvali >>>>> A Seriya

Bugun namoyish etiladigan futbolga oid ko'rsatuvlar jadvali (Sport TV, Match TV, Futbol TV)

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика