So’nggi yangiliklar

08:30"Андижон" дарвозабони Қирғиз Республикасида "Йил футболчиси" бўлди  0 08:02Забиҳилло Ўринбоевнинг "Навбаҳор"даги тақдири маълум  0 07:36"Пахтакор" футболчиси ОКМКга ўтмоқда   1 02:27Бундеслига. "Боруссия Д" ўз майдонида "Боруссия М"ни мағлуб этди  0 02:10Италия Суперкубоги. "Болонья" ярим финалда "Интер"ни мағлуб қилди ва финалга йўл олди!  8 01:39Мактомини МЮдан кетганларнинг муваффақиятга эришаётгани ҳақида нималар деди?  1 00:46Артета Гекерешга баҳо берди  1 00:20"Ланс" Абдуқодир Ҳусанов бўйича "Манчестер Сити"га мурожаат қилган  7 23:53Гвардиола "Манчестер Сити"дан кетиши эҳтимоли ҳақида: "Мен умрбод бу ерда қола олмайман"  4 23:12Флик ҳозирча "Барселона" билан шартномани узайтирмоқчи эмас  1 22:55Аморим Фергюсоннинг гаплари ҳақида фикр билдирди  4 22:31"Қизилқум" 22 ёшли футболчиси билан шартномани узайтирди  0 22:11Марсело "Барселона"дан "Реал"га кимни олган бўларди?  5 21:59Пеп Гвардиола: "Ҳозир "Сити" АПЛ чемпионлиги учун курашадиган ҳолатда эмас"  3 21:37Тьерри Анри: "Арсенал" ушбу мавсумда чемпион бўлиши керак"  0

Bugun Italiyada jang: "Inter" - "Yuventus" (Prevyu) Yangiliklar

Bugun Italiyada jang: "Inter" - "Yuventus" (Prevyu)

Teglar :  YuventusInter
Bugun tunda Italiya chempionatining 35-turida "Yuventus" "Inter" mehmoni bo'ladi.

"Inter" - "Yuventus"
Bugun, 23:45. Milan, "Juzeppe Meacca"
Bosh hakam: Daniele Orsato.

Ushbu bahsda ikki jamoaga ham g'alaba juda muhim. Biri ECHL, biri chempionlik poygasida qatnashmoqda. Uchrashuvda haqiqiy ajiotaj bo'lishi aniq. Bahsga chiqarilgan chiptalarning barchasi sotib bo'lingan, stadionda qaynoq harorat hukmron bo'ladi. O'yindan oldin birorta jamoani favorit deb aytib bo'lmaydi.

O'
Jamoa
O'
YU
D
M
T-F
O
1
"Yuventus"
34
27
4
3
78:20
85
5
"Inter"
34
18
12
4
56:23
66

"Inter"

Luchano Spaletti uchrashuvga jangavor tarkibni asramoqda. Jamoada ishtiyoq yuqori, milanliklar so'nggi ikki uchrashuvda g'alabaga erishishdi. Aytish kerakki, jamoa oxirgi 5 bahsning faqatgina bittasida mag'lubiyatga uchragan.

22.04.2018 "Kevo" - "Inter" 1:2

17.04.2018 "Inter" - "Kalyari" 4:0

14.04.2018 "Atalanta" - "Inter" 0:0

08.04.2018 "Torino" - "Inter" 1:0

04.04.2018 "Milan" - "Inter" 0:0

Ayni damda o'yinga qadar jamoada faqatgina bir yo'qotish bor. Roberto Galyardini jarohatidan forig' bo'lmagan.

"Yuventus"

Turin superklubida esa holat biroz boshqacharoq. "Yuve" so'nggi ikki bahsda g'alaba qozona olmadi. Jadvalning so'nggi pog'onalarida borayotgan "Krotone" bilan safarda durang o'ynalgan bo'lsa, bundan bir hafta oldin "Napoli" Turinda g'alaba qozondi.

22.04.2018 "Yuventus" - "Napoli" 0:1

18.04.2018 "Krotone" - "Yuventus" 1:1

15.04.2018 "Yuventus" - "Sampdoriya" 3:0

07.04.2018 "Benevento" - "Yuventus" 2:4

31.03.2018 "Yuventus" - "Milan" 3:1

"Inter"ga qaraganda "Yuve"da yo'qotishlar ko'proq. Jorjo Kellini, Mattia de SHilo va Stefano Sturaro jarohati sababli o'yinda qatnashmaydi.

TAXMINIY TARKIBLAR

O'ZARO O'YINLAR

"Yuventus" o'zaro o'yinlarda ushbu raqibdan anchagina farq bilan oldinda, turinliklar 84 bahsda g'alabaga erishishgan. Milan shahri jamoasi esa 52 bora zafar quchgan. 47 o'yinda tomonlar murosa ko'chasini tanlashgan. Birinchi davradagi uchrashuvda esa g'olib aniqlanmagandi.

JAMOALARNING SO'NGGI O'ZARO O'YINI

Turin. Stadion "Alyanc". 39 319 tomoshabin
Bosh hakam: Paolo Valeri (Rim)
"Yuventus" - "Inter" 0:0
"Yuventus":
SHHesny, Kellini, Benatiya, De SHilo, Pyanich (Bentankur 85), Asamoa, Xedira (Dibala 75), Matyuidi, Iguain, Kuadrado, Mandjukich
"Inter": Xandanovich, SHkrinyar, D'Ambrozio, Miranda, Santon (Enrike 63), Vesino, Brozovich, Valero, Perishich, Kandreva (Galyardini 69), Ikardi (Eder 86)
Ogohlantirish: Benatiya 27, Iguain 39 - Brozovich 29, Perishich 40, Santon 61, D'Ambrozio 87, Vesino 90+1.

QIZIQARLI FAKTLAR

- "Inter" o'z maydonidagi so'nggi 4 bahsda g'alabaga erishdi.

- "Inter" "Juzeppe Meacca"dagi so'nggi 4 uchrashuvda gol o'tkazib yubormadi.

- "Inter" hujumchisi Mauro Ikardi 26 gol kiritib, chempionatning to'purarlar poygasida ikkinchi pog'onada ketmoqda.

- "Inter" "Yuventus"ga qarshi o'tgan so'nggi 3 uy uchrashuvida mag'lub bo'lmagan - 2 g'alaba, 1 durang.

- "Yuventus" 2 bahsda g'alabaga erisha olmadi. Agarda jamoa yana yuta olmasa, 2015 yildan keyin ilk bora ketma-ket 3 uchrashuvda zafar qucha olmagan bo'ladi.

- "Yuventus" A Seriya doirasidagi so'nggi 15 safar uchrashuvda yutqazmadi - 13 g'alaba, 2 durang.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика