Bugun futbol. "Surxon" - "Lokomotiv"
28 okt 2020 11:52
Yangiliklar


Bugun futbol. "Surxon" - "Lokomotiv"
Soat 15:00da boshlanadigan uchrashuvni "Sport" kanali to'g'ridan to'g'ri efirga uzatishni rejalashtirgan. Turnir jadvalida "Loko" 26 ochko bilan 9-o'rinni egallab turibdi. "Surxon" hisobida 12 ochko bo'lib, bu jamoa 13-o'rinda boryapti.
Bugungi bahs "Lokomotiv" uchun ikkinchi davra hisobidan safardagi 5-uchrashuv bo'ladi. "Temiryo'lchilar" bungacha beshta safar bellashuvida ikki g'alaba, ikkita durang va bir mag'lubiyat qayd etishgan.
"Surxon" bugun ikkinchi davra hisobidan o'z maydonidagi 4-o'yinini o'tkazadi. Termizliklar uydagi oxirgi 4ta o'yindan bittasida g'alaba qozonib, uch bor mag'lub bo'lishdi. Xususan jamoa AGMK, "Qo'qon-1912" va "Paxtakor"ga umumiy 0:8 hisobida imkoniyatni boy berdi. Yani bu o'yinlarda maydon egalari to'p kirita olishmadi.
"Lokomotiv" oxirgi uchta safar uchrashuvidan beri g'alaba qozona olmayapti. Jamoa "Metallurg" va "Qizilqum" bilan durang o'ynagan bo'lsa, "So'g'diyona"ga mag'lub bo'ldi.
Surxon Aleksandr Kasyan - 5' |
Superliga. 21-tur 28/10/2020, 15:00 1
:
1
Tugadi
|
Lokomotiv Kaxi Maxaradze - 44' |
O’xshash yangiliklar

Fikrlar