So’nggi yangiliklar

21:18Моуриньюга "Манчестер Сити" ҳимоячиси керак  0 21:10Суперлига. "Бухоро" - "Шўртан" 2:1 (Матнли трансляция)  3 20:56"Бунёдкор" суперкамбэк эвазига "Сўғдиёна"ни мағлуб этди  13 20:35Осиё Кубоги саралаши. Ўзбекистон - Шри-Ланка (LIVE)  0 20:20Абраҳам "Рома"га қайтди  1 20:10Клублар ўртасидаги ЖЧ. ПСЖ - "Интер Майами" учрашувининг асосий таркиблари маълум!  20 19:27Юрген Клопп: "Ғалати эшитилиши мумкин, энди мураббийлик қилишни истамайман"  2 18:49"Челси" янги стадион қурмоқчи  1 18:27Суперлига. "Бунёдкор" - "Сўғдиёна" баҳси асосий таркиблари маълум!  1 17:59"Барселона" де Йонг билан келишиб олди  0 17:21Дезире Дуэ "Интер Майами"га қарши ўйин олдидан: "Бу турнирда фақатгина энг кучлилар ўйнайди. Хато қилишга ҳаққимиз йўқ"  6 16:57"Челси" келаси ҳафтада янги трансферни эълон қилиши кутилмоқда  3 16:20"Шўртан" бугун 10 йиллик "қора анъана"га чек қўядими?  2 15:58ПСВ "Манчестер Юнайтед" футболчисини сотиб олмайдиган бўлди  1 15:21Дел Пьеро клублар ўртасидаги жаҳон чемпионатида ким ғолиб бўлишини тахмин қилди  8

Bugun futbol. "So'g'diyona" - "SHo'rtan" Yangiliklar

Bugun futbol. "So'g'diyona" - "SHo'rtan"

Teglar :  So'g'diyonaSHo'rtan
Bugun oliy liganing 11-turidan o'rin olgan "So'g'diyona" - "SHo'rtan" bahsi bo'lib o'tadi. Uchrashuv 19:00da start oladi.

“So'g'diyona” (Jizzax) – “SHo'rtan” (G'uzor)
Hakamlar:
V. Serazetdinov (Toshkent), R. Fozilov (Namangan), M. Majidov (Namangan), B. Yo'lcharaev (Guliston)
Nazoratchi: A. Xamatov (Toshkent)
O'zPFL vakili: B. Haydarov


Jadvaldagi o'rni: "So'g'diyona" 12-o'rinda (11 ochko), "SHo'rtan" 10-o'rinda (12 ochko).

O'yindan nima kutyapmiz? Bu o'yinda kim g'olib chiqishini taxmin qilish qiyin bo'lsa kerak. Negaki ikkala jamoa ham saviya va o'yin jihatdan bir-biriga yaqin hisoblanadi. Agar bugun "SHo'rtan" g'alaba qozonsa, bu g'uzorliklarning safardagi ilk g'alabasi bo'ladi. Mabodo maydon egalari zafar quchsa, to'rtinchi g'alabani rasmiylashtirishadi.

Fakt: "So'g'diyona" o'z maydonidagi to'rtta o'yindan uchtasini g'alaba bilan yakunlagan. Jizzaxliklar uyda "Olmaliq", "Obod" va "Mashal"dan ustun kelib, "Neftchi"ga mag'lub bo'lishgan. 



Bilasizmi? "So'g'diyona" uydagi oxirgi o'yinida "Mashal"ni 3:0 hisobida mag'lub etdi. Bugun ular Qashqadaryoning boshqa bir klubi "SHo'rtan"ni qabul qilishadi.

Fakt: "SHo'rtan" safarda beshinchi uchrashuvini o'tkazadi. Jamoa avvalgi to'rtta o'yinning hammasida mag'lub bo'lgan. To'plar nisbati 2-10.

Bilasizmi? "SHo'rtan" safarda umuman ochko qo'lga kiritmagan oliy liganing yagona jamoasi bo'lib turibdi. To'rtta o'yin - to'rtta mag'lubiyat.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика