So’nggi yangiliklar

08:56Ибаи Гомес: "Ўзбекистонга қарши ўйинда ғалаба қозонсак, кейинги босқичга йўл олишимизга ишонаман"  3 08:25«Насаф» собиқ дарвозабони ва яна икки нафар футболчи. «Қўқон-1912» уч нафар футболчи билан шартнома тузди  1 07:55Канада терма жамоаси гуруҳда иккита учрашувда ғалаба қозонди, бироқ уларда ҳозирча 0 очко. Қандай қилиб?  2 07:24Бугун Доминикан Республикасига қарши майдонга тушамиз  15 01:30Педри ваъдасида туриб, мўйлов қўйди  4 00:30Левандовски: "Мбаппе - "Барселона" учун қўшимча мотивация"  5 00:00Назорат учрашувида "Пахтакор" "Машъал"га мағлуб бўлди  4 23:45"Челси" билан музокара ўтказган Кьеза "Тоттенхэм"га ўтиши мумкин  1 23:11"Арсенал" ҳужумчи борасида яна Италия клубига мурожаат қилди  3 22:44Мбаппе Франция клубининг бошқарув акциялари пакетини сотиб олади  1 21:55"Насаф" яна бир трансфер ҳақида эълон қилди  5 21:35"Арсенал" 45 млн. еврога ҳимоячи сотиб олди  2 21:23Клейди Даци - ОКМК футболчиси  5 21:14"Фулхэм" 34 млн. фунт эвазига "Арсенал" футболчисини сотиб олади  1 20:45"Барселона" футболчиси "Ал Ҳилол" таклифини рад этди  1

Bugun futbol! “So'g'diyona” – “Nasaf” Yangiliklar

Bugun futbol! “So'g'diyona” – “Nasaf”

Teglar :  So'g'diyonaNasaf
Bugun 16 noyabr kuni boshlangan oliy liga 29-turining so'nggi uchrashuvi Jizzaxda bo'ladi.

“Nasaf” bu safar “So'g'diyona” jamoasi bilan bahs yuritadi. Uchrashuv “So'g'diyona” markaziy stadionida soat 14:00da boshlanadi.
 
O'zPFL 29-tur. 19.11.2016.
“So'g'diyona” (Jizzax) – “Nasaf” (Qarshi)

“So'g'diyona” markaziy stadioni. 14:00da   
 
Bosh hakam: Rustam Bobomurodov (Navoiy),
Qanot hakamlari:  Mamur Saidqosimov (Toshkent), Ravil SHoyaxmetov (Toshkent)
Zaxira hakami: Baxtiyor Yulcharaev (Guliston)
Nazoratchi: Sayfitdin Irmatov (Toshkent).
 
Bugungi uchrashuvda “Nasaf” jamoamiz ijobiy natijaga erishsa, o'z tarixida 10-marta bronza sovrinini qo'lga kiritishi mumkin. Jamoamizning bu sovrinni qo'lga kiritishi uchun hattoki durang natija ham qoniqtiradi. Ammo “ajdarlar” mavsumni yuqori notada yakunlashni o'z oldiga maqsad qilib qo'yishgan.
 
“Nasaf” o'z tarixida bungacha 2000, 2001, 2005, 2006, 2009, 2010, 2013, 2014 va 2015 yillar bronza medali sovrindori bo'lgan. Ko'rib turganingizdek, jamoamiz qatorasiga 4-marta ushbu sovrinni qo'lga kiritishga juda yaqin turibdi.
 
Bugun “So'g'diyona” – “Nasaf” jamoalari  chempionatdagi o'zaro 32-uchrashuvini o'tkazishadi. O'tkazilgan 31 uchrashuvda jamoamiz 24 marta, mezbonlar 6 marta g'alaba quchishgan. Faqat 1 uchrashuvda durang natija qayd etilgan xolos.
 
Jizzaxda esa mazkur jamoalar shu kungacha o'zaro 15ta uchrashuvda maydonga tushishgan. Bu uchrashuvlarda 5 marta “So'g'diyona” jamoasining, 10 marta “Nasaf”ning qo'li baland kelgan. Jizzaxdagi uchrashuvlarda darvozalarga jami 41ta gol kiritilgan. Gollar nisbati bo'yicha ham ustunlik jamoamiz tomonida - 14:27.
 
Aksariyat mavsumlarda oliy ligada qolish uchun kurashgan “So'g'diyona” jamoasi bu yilgi chempionatni ajoyib tarzda o'tkazmoqda. Buni bahs mezbonlarining chempionat turnir jadvalining 10-pog'onasini egallab turishgani ko'rsatib turibdi. Bugun shuningdek, o'z vaqtida bir jamoa sharafini himoya qilishgan ikki sobiq futbolchi, murabbiy sifatida o'z shogirdlarini maydonga boshlab tushishadi.
 
Xullas, bugun stadionga tashrif buyurgan futbol ishqibozlari ajoyib futbol o'yiniga guvoh bo'lishlariga shubha qilmasa ham bo'ladi. Zero, chempionatimizning so'nggi uchrashuvlari doimo shunday qiziqarli o'tadi.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика