De Bryuyne "Siti" bilan shartnomani uzaytirish haqidagi savolga: "Menga baribir. SHunchaki o'zimning darajamga qaytishga urinyapman"
05 jan 21:55
Yangiliklar
De Bryuyne "Siti" bilan shartnomani uzaytirish haqidagi savolga: "Menga baribir. SHunchaki o'zimning darajamga qaytishga urinyapman"
Kevin De Bryuyne "Man Siti" bilan shartnoma borasidagi muzokaralar haqidagi savolga javob berdi.
33 yoshli yarim himoyachining "shaharliklar" bilan amaldagi kelishuvi mavsum so'nggiga qadar mo'ljallangan.
"Menga baribir. SHunchaki o'zimning darajamga qaytishga urinyapman.
Haftadan-haftaga yaxshilanayotganimni his qilyapman. Jismoniy holat yaxshilandi va endilikda 90 daqiqa yugura olaman.
Jarohat sabab yoqimsiz ikki oyni o'tkazdim, ammo yaxshilanyapman. Tobora yaxshiroq o'ynayapman, bor gap shu", – dedi "Manchester Siti" yarim himoyachisi.
Fikrlar