Bugun "Futbol-SHou". Biz yomg'irdan qo'rqmaymiz
01 dek 2013 10:32
Yangiliklar


Bugun "Futbol-SHou". Biz yomg'irdan qo'rqmaymiz
O'quvchilarimiz
orziqib kutayotgan kunga ham oz qoldi. "Championat.asia" saytining
tashkil topganiga uch yil to'lishi munosabati bilan o'tkaziladigan shou
tadbirimizda bir qator futbolchilar ishtirok etadilar.
Demak,
"SA-1" jamoasiga Dilshod Nuraliev ustozlik qiladi. Uning tarkibidan JCH
ishtirokchilari - Sarvar Karimov (darvozabon), Jamshid Boltaboev, Javohir
Siddiqov, Ibrohim Abdullaev hamda Sanjar Tursunov va Timur Hakimov o'rin
oladilar.
"SA-2" jamoasi postini Aleksandr Lobanov qo'riqlaydigan
bo'ldi. Maydonda esa Akbar Ismatullaev, Abduqahhor Hojiakbarov, Akmal
Xolmatov va Ivan Nagaev to'p tepishadi. Jafar Irismetovning ham kelishi
kutilyapti. Biz hammani ham taklif eta olmadik, agar shu xabarni o'qiyotgan
futbolchilarimiz tadbirimizda ishtirok etishni istasalar, o'quvchilarimiz
bundan faqat xursand bo'ladilar.
Demak, kutilgan shouga 3,5 soat vaqt qoldi. Yomg'irga qaramay shouda ishtirok etishga shoshiling! Haqiqiy erkaklar yomg'irda ham futbol o'ynayveradilar.

Fikrlar