So’nggi yangiliklar

10:25"Нефтчи" футболчиси "Қўқон-1912"га ўтиши мумкин  0 09:51"Насаф" колумбиялик ҳужумчига қизиқиш билдирмоқда  6 09:18"Нефтчи" Жоэль Кожо учун қанча сарфлаши маълум  7 08:40"Рома" янги мавсум учун учинчи либослар тўпламини намойиш қилди  1 08:13Гари Линекер: "Рэшфорд барчасини уддалайди"  1 07:45Хуршид Мухторовнинг янги жамоаси маълум  1 02:00Ғиштдан дарвоза қуриб ўйнаган, "Атлетико" майдонида энг яхши футболчи деб топилган ҳамда Роналдудан жарима зарбаси тепишни ўрганган "Пахтакор"нинг янги легионери билан яқиндан танишамиз  1 01:46Эшли Янг АПЛдан тушиб кетган жамоа учун тиббий кўрикдан ўтди  0 01:11Расман: Роберто Фирмино - "Ал Садд" футболчиси!  4 00:51"Милан" футболчиси "Бешиктош"га ўтиши мумкин  1 00:35"Ювентус" футболчисини "Вердер"га сотди  2 00:20Отабек Шукуров Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ўйинига ташриф буюрди  3 23:5617 йиллик фаолиятдан кейин Сауль "Атлетико"дан кетди  1 23:39Расман: Уго Экитике "Ливерпуль"га ўтди  5 23:14Рэшфорд: "Барселона"ни уйимдек, бу ердагиларни оиламдагидек кўряпман"  5

Bugun futbol. Safarda hali g'alaba qozonmagan "So'g'diyona" bugun "Qo'qon-1912" mehmoni bo'ladi Yangiliklar

Bugun futbol. Safarda hali g'alaba qozonmagan "So'g'diyona" bugun "Qo'qon-1912" mehmoni bo'ladi

Bugun oliy liganing 14-tur bahslari davom ettiriladi. "Qo'qon-1912" o'z maydonida "So'g'diyona"ni qabul qiladi.

"Qo'qon-1912" birinchi turni mag'lubiyat bilan boshlagandi, shundan keyin jamoa qatorasiga 11 o'yinda mag'lub bo'lmadi. Lekin o'tgan tur qo'qonliklar Toshkentda "Bunyodkor"ga yutqazib qo'yishdi.

Mana endi jamoa o'z maydonida safarda hali g'alaba nimaligini bilmay kelayotgan "So'g'diyona" bilan bahslashadi. "So'g'diyona" shu paytgacha safarda etti bor maydonga tushgan bo'lsa, biror marta g'alabaga erishmagan: ikki durang, besh mag'lubiyat. To'plar nisbati 6-17.


Aytgancha, jizzaxliklar safarda gol o'tkazish bo'yicha birinchi o'rinda borishmoqda. Agar jamoa bugun zafar quchsa, bu Davron Fayziev shogirdlarining safardagi ilk g'alabasi bo'ladi. "Qo'qon-1912" esa o'z maydonidagi o'yinlarning to'rttasida zafar quchgan. Ikki bor durang qayd etgan bo'lsa, bir marta yutqazib qo'ygan. To'plar nisbati 11-6. "Qo'qon-1912" uydagi yagona mag'lubiyatini "Nasaf"dan qabul qilib olgan.

Bilasizmi, "So'g'diyona" Jizzaxdagi oxirgi uchta uchrashuvni g'alaba bilan yakunladi, lekin jamoa ketma-ket ikki bor safardan yutqazib qaytdi. "Qo'qon-1912" esa dastlab ikki bor o'z maydonida durang o'ynadi va oxirgi uy o'yinida g'alaba qozondi.


Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика