So’nggi yangiliklar

09:46Гвардиола Родридан нима истаётганини айтди  1 09:20Пролига. Бугун янги турга старт берилади  0 08:53"Манчестер Юнайтед" 20 ёшли дарвозабон билан шартнома имзолашга яқин  0 08:26Суперлига. Бугун 20-тур якунланади  0 07:58"Интер" "Ланс" ярим ҳимоячисини сотиб олди  0 07:35Суперлига. "Андижон" – "Пахтакор" ўйинида 8 та гол урилди ва "шерлар" ғалаба қозонди. "Қизилқум" – "Бунёдкор" баҳсида эса дуранг  10 07:30"Манчестер Сити"нинг яна бир ҳимоячи жамоани тарк этиши мумкин  1 01:56АПЛ. "Челси" дербида "Вест Хэм"ни аямади  5 01:39Франция. ПСЖ яна кичик ҳисобда ғалабага эришди  0 01:29Бундеслига старт олди: мавсумнинг илк ўйинида "Бавария" "Лейпциг"ни янчиб ташлади, Кейндан хет-трик!  8 00:49Бошланғич таркибдаги Палмер нима сабабдан дербида қатнашмаяпти?  0 00:30ЖЧ-2026га қуръа қачон ва қаерда ташланиши маълум!  5 00:02Акмал Рустамов: "Юзага келган вазиятлардан фойдаланганимизда 3-4та тўп фарқи билан ютишимиз мумкин эди"  3 23:46Илёс Зейтуллаев: "Бунёдкор" ПФЛ тақдим этаётган тақвимни ҳурмат қилади"  0 23:28Байиндирнинг хатосидан кейин МЮнинг режалари ўзгарди  6

Bugun futbol. "Qo'qon-1912" - "Metallurg" Yangiliklar

Bugun futbol. "Qo'qon-1912" - "Metallurg"

Bugun Coca Cola Superligasining 21-turiga start beriladi.

"Qo'qon-1912" o'z maydonida "Metallurg"ni qabul qiladi. Turnir jadvalida ushbu jamoalar yonma-yon o'rinlarni egallab turishibdi. "Metallurg" 24 ochko bilan 8-o'rinda borayotgan bo'lsa, "Qo'qon-1912" 21 ochko to'plagan holda 9-o'rinda boryapti. "Metallurg"da to'plar nisbati 22-22, yani nol. "Qo'qon-1912" esa gol urishdan ko'ra ko'proq o'tkazib yuborgan, 24-35 (-11). 

Bugungi bellashuv qo'qonliklar uchun uydagi 10-bahs bo'ladi. Jamoa shu paytgacha uchtadan g'alaba, durang va mag'lubiyat qayd etgan. "Qo'qon-1912" uy uchrashuvlarida 12 ochko jamg'argan. 

"Metallurg" uchun bugungi bahs safardagi 11-chisi bo'ladi. Avvalgi 10ta o'yinning faqat bittasida g'alaba qozongan "Metallurg" 5 marta durang o'ynab, to'rtta bellashuvda imkloniyatni boy bergan. Bekobodliklar safarda faqat "Nasaf"ni mag'lub etishning uddasidan chiqishgan. 

Ikkinchi davrani "Qo'qon-1912" juda yaxshi o'tkazyapti. Xususan jamoa qatorasiga 5 o'yindan beri yutqazgani yo'q: to'rt g'alaba va bir durang. Buning ustiga qo'qonliklar ketma-ket to'rtta uchrashuvni uyda o'tkazishdi, bugungisi beshinchisi bo'ladi. 

"Metallurg" esa ikkinchi davrani o'z imkoniyati darajasida o'tkazyapti. Bu jamoa oxirgi uchta o'yinda bittadan g'alaba, mag'lubiyat va durang qayd etdi. 

Bekobodda kechgan birinchi davra uchrashuvida "Metallurg" 3:1 hisobida zafar quchgandi. Qo'qondagi oxirgi bahsda esa o'tgan yil maydon egalari 2:1 hisobidagi g'alabani tantana qilishgan. 

Qo'qonda kechgan oxirgi 5 o'yin 

2018. "Qo'qon-1912" - "Metallurg" 2:1 

2017. "Qo'qon-1912" - "Metallurg" 3:0

2016. "Qo'qon-1912" - "Metallurg" 2:1 

2015. "Qo'qon-1912" - "Metallurg" 2:1 

2003. "Qo'qon-1912" - "Metallurg" 4:0  

Ko'rib turganingizdek, Qo'qonda bo'lib o'tgan oxirgi besh uchrashuvning hammasida mezbonlar zafar quchgan. "Metallurg" hech bir bahsda bittadan ko'p to'p kirita olmagan. Ikki bor yirik hisob qayd etilgan va uch marta 2:1 hisobi bilan yakun topgan.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика