So’nggi yangiliklar

23:24Винисиус 18 та ўйиндан бери гол уролмаяпти. Охирги гол октябрь ойининг биринчи ярмида киритилган  0 22:40АПЛ. “Ньюкасл” “Кристал Пэлас”ни, “Брентфорд” “Эвертон”ни мағлуб этди, “Тоттенхэм” эса ўз уйида “Сандерленд”ни мағлуб эта олмади  1 22:30АПЛ. "Фулхэм" "Ливерпул"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада ўтказиб юборилган голдан сўнг 90+7 дақиқада тўп киритиб, ҳисобни тенглаштирди  14 22:15Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди  51 21:44"Челси" "Астон Вилла" юлдузи учун катта таклиф тайёрламоқда  3 21:16"Манчестер Сити" — "Челси". Таркиблар маълум  22 20:53"Реал"га Бернарду Силвани таклиф қилишди. "Қаймоқранглилар”нинг бунга жавоби маълум  2 20:10АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Лидс"ни мағлуб эта олмади  20 19:01А Серия. "Наполи" Римда "Лацио"ни қийинчиликсиз мағлуб этди  1 18:37Ван Дейк Испания супер клубига ўтишни истаган эди  1 18:16"Челси" "Ньюкасл"дан Италия терма жамоаси футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  2 17:50"Реал" икки юлдузидан қутулишни режалаштирмоқда  5 17:21Тунис терма жамоаси футболчиси: “Биз футболда 10 йил орқадамиз”  1 16:48Мармуш "Астон Вилла"га ўтиши мумкин  16 15:02Рамос фаолиятини Францияда давом эттириши мумкин  1

Bugun futbol. "Qo'qon-1912" - "Lokomotiv" Yangiliklar

Bugun futbol. "Qo'qon-1912" - "Lokomotiv"

Bugun bo'lib o'tadigan ikkita uchrashuv bilan oliy liganing 11-tur bahslariga start beriladi.

Bugun "Qo'qon-1912" o'z maydonida amaldagi chempion "Lokomotiv"ni qabul qiladi. O'yin 17:30da boshlanadi.

Oliy liga. 11-tur. 17 may
"Qo'qon-1912" - "Lokomotiv"
Hakamlar:
V. Ceytlin (Toshkent), A. Snetkov (Toshkent vil.), A. Kalinin (Qarshi), A. SHukurullaev (Toshkent).
Nazoratchi: A. Arutyunov (Toshkent).
PFL vakili: B. Mametov.

O'yindan nima kutyapmiz? Turnir jadvalida birinchi-ikkinchi o'rinda borayotgan jamoalarning o'zaro qarama-qarshiligi. Bugun Qo'qon shahrida qiziqarli bahs kechishi kutilmoqda. Ikkala jamoa ham g'alaba maqsadida maydonga tushsa ajab emas. Imkoniyatlar borasida "Lokomotiv"ning ustunligini ayta olamiz, chunki toshkentliklar tarkib jihatdan kuchli, biroq hammasini maydondagi kurash hal qiladi.

Turnir jadvalidagi vaziyat: "Lokomotiv" 22 ochko bilan peshqadamlikni o'z qo'lida ushlab turibdi.  "Qo'qon-1912" esa raqibidan 3 ochko kam jamg'argan holda ikkinchi o'rinda bormoqda.

Fakt: Bugun  "Qo'qon-1912" o'z maydonida oltinchi uchrashuvini o'tkazadi. Avvalgi besh o'yinda qo'qonliklar uchta g'alabaga erishgan holda bir martadan durang va mag'lub bo'lishgan. To'plar nisbati 8-4. "Qo'qon-1912" o'z uyidagi bahslarda 10 ochkoni qo'lga kiritgan.

Fakt: "Qo'qon-1912" uyda "Qizilqum" (1:0), "Dinamo" (2:1) va "Metallurg"dan (3:0) ustun kelgan. "Paxtakor" bilan durang (1:1) o'ynagan bo'lsa, "Nasaf"ga (1:2) imkoniyatni boy bergan.



Bilasizmi? Ikkala jamoa ham mavsum boshidan beri faqat bir martadan mag'lubiyatga uchradi. "Qo'qon-1912" o'z maydonida "Nasaf"dan engilgan bo'lsa, "Lokomotiv" G'uzorda "SHo'rtan"ga imkoniyatni boy bergan.  

Fakt:
Bugungi o'yin "Loko" uchun safardagi beshinchi bahs bo'ladi. Jamoa avvalgi to'rtta o'yinning ikkitasida zafar quchgan. "Mashal" va "Paxtakor" klublari mag'lub etilgan. "Navbahor" bilan durang o'ynalgan bo'lsa, "temiryo'lchilar" "SHo'rtan"ga yutqazib qo'yishgan. Safardagi uchrashuvlarda to'plar nisbati 5-5.

Bilasizmi? "Lokomotiv" oliy ligada qatorasiga beshta o'yindan beri yutqazmay kelmoqda: to'rt g'alaba va bir durang. To'plar nisbati 15-4.

Esingizdami? 2015 yilgi mavsumda "Qo'qon-1912" o'zida "Loko" bilan 2:2 o'ynagan va uchrashuvdan so'ng "termiryo'lchilar"ning o'sha paytdagi bosh murabbiyi Vadim Abramov istefoga chiqarilgandi. O'tgan yilgi bellashuvda esa "Lokomotiv" safardan 3:1 hisobidagi g'alaba bilan qaytgan.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика