So’nggi yangiliklar

16:40Де Лигт: "Манчестер Юнайтед" учун ўтган мавсум ўтмишда қолди"  0 16:13"Реал" Винисиус Жуниорга ўринбосар топди – АПЛ юлдузи устувор вариант  0 15:45Breaking! "Ливерпуль" Исак билан келишувга эришди  10 15:22ЦСКА ҳимоячиси: "Туркия чемпионати Файзуллаев учун ЖЧ олдидан трамплин бўлади"  6 14:55Суперлига қайтмоқда! 16-тур ўйинларига ҳакамлар тайинланди  3 14:34Расман: Бахтиёр Зайнутдинов – "Динамо М" футболчиси  1 13:42Мбаппенинг клуби Лига 2 га қайтмоқчи  0 13:15Холанд 5.5 миллиард сўмга сумка сотиб олди, Мбаппе ва Ашраф домино ўйнади. Футбол юлдузлари ўтган ҳафтани қандай ўтказди?  4 12:48"Ливерпуль" Исак учун рекорд сумма тайёрламоқда  3 12:20"Сабаби фақат бошда эмас. Бу ерда омиллар мажмуаси бор". Россиялик шифокор Остон Ўруновнинг жароҳатлари ҳақида гапирди  3 11:57"Реал" асосий жамоанинг 5 нафар футболчиси, жумладан, Родриго билан хайрлашишга тайёр  7 11:30Зайнутдинов тиббий кўрикдан ўтди — трансфер якуний босқичда  0 10:36"Манчестер Юнайтед" - "Вест Хэм" учрашувида рекорд қайд этилди  5 09:58"Насаф" ярим ҳимоячиси "Бунёдкор"га ўтиши мумкин  3 09:20"ФарДУ" иккинчи даврада Суперлиганинг бир нечта футболчиси билан шартнома имзолаши мумкин  1

Bugun futbol. "Qizilqum" - "Neftchi" Yangiliklar

Bugun futbol. "Qizilqum" - "Neftchi"

Teglar :  QizilqumNeftchi
Bugun oliy liganing 11-turidan o'rin olgan "Qizilqum" - "Neftchi" bahsi bo'lib o'tadi. Uchrashuv 19:00da start oladi.

“Qizilqum” (Navoiy) – “Neftchi” (Farg'ona)
Hakamlar:
R. Ermatov (Toshkent), A. Rasulov (Toshkent), J. Saidov (Toshkent), SH. Rajabov (Buxoro)
Nazoratchi: A. Popov (Toshkent)
O'zPFL vakili: N. Lutfulin

Jadvaldagi o'rni: "Qizilqum" 13-o'rinda (10 ochko), "Neftchi" 14-o'rinda (9 ochko).

O'yindan nima kutyapmiz? Bugun yana bitta turnir jadvalida yonma-yon o'rinlarni egallab turgan jamoalarning o'zaro to'qnashuvini ko'ramiz. "Qizilqum" avvalgi turda "Lokomotiv"ga imkoniyatni boy berdi. "Neftchi" esa o'z maydonida "Obod"dan ustun keldi. Bugungi bellashuvda "Neftchi" mavsumdagi uchinchi g'alabasini qo'lga kirita oladimi? Yoki bo'lmasa "Qizilqum" zafar quchib ochkolari sonini 13taga etkazadimi?

Fakt: "Qizilqum" bugun o'z maydonida beshinchi uchrashuvda maydonga tushadi. Jamoa bungacha "Navbahor", "Buxoro", "So'g'diyona" va "Nasaf" klublariga qarshi bahs olib borgan.



Bilasizmi? "Qizilqum" shu paytgacha uyda faqat bitta uchrashuvda g'alaba qozongan. Navoiyliklar 2-turda "Navbahor"ni 2:1 hisobida mag'lub etishgan. Uydagi o'yinlarda to'plar nisbati 4-4.

Fakt: "Qizilqum" ketma-ket besh o'yindan beri g'alaba qozona olmayapti: to'rt durang va bir mag'lubiyat.

Fakt: "Neftchi" safarda shu paytgacha faqat bir uchrashuvda g'olib bo'lgan. Jamoa Jizzaxda "So'g'diyona"ni 1:0 hisobida mag'lub etib qaytgan. Umuman olganda, farg'onaliklar oxirgi to'rt o'yinning ikkitasini g'alaba bilan tugatishdi.

Bilasizmi? "Neftchi" safar uchrashuvlarida ikkita gol urib, 7ta to'p o'tkazib yuborgan. Qizig'i shundaki, "Neftchi" safarda gol urgan o'yinlarda hali mag'lub bo'lmagan: yo durang o'ynagan, yo g'alaba qozongan.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика