So’nggi yangiliklar

03:00Вадим Абрамов: "Агар ўйин натижасини биринчи бўлимдаёқ ҳал қилиб қўйганимизда бундай савол бермаган бўлардингиз"  0 00:26Манише Феликс ҳақида: "Футбол лойиҳаси бўлиб қолди. Шундай клубларда имкониятлар, аммо у ишлашни хоҳламайди"  1 00:06"Интер" ва Нкункунинг агентлари трансфер шартларини муҳокама қилишмоқда  0 23:41Иван Бошкович: "Бугун нимадир ўхшамади"  0 23:14Суперлига. Пенальтидан тўп киритилмаган ва гол ҳисобга олинмаган ўйинда "Динамо" "Навбаҳор" билан жанговар дурангга имзо чекди  110 23:05Рўзиқул Бердиев: "Қарши ҳужум режасини туздик ва бу ўз мевасини берди"  8 22:50Виталий Левченко: "Катта устунликка эришиб якунда мағлуб бўлиш жуда аламли"  13 22:17Илёс Зейтуллаев: "Стадиондаги муҳит учун мухлисларга раҳмат айтаман"  4 22:00Суперлига. "Сўғдиёна" иккита гол урган ўйинда "Насаф" ғалаба қозонди  34 21:43Таҳлил. Бугун Фарғонада "Нефтчи" эмас Левченко ютқазди, Зейтуллаевга 5 баҳо  17 21:39"Челси" форварди АПЛнинг бошқа клубига ўтишга яқин  1 20:56Суперлига. "Бунёдкор" Фарғонада "Нефтчи"ни мағлуб этди  76 20:20"Барселона" Рэшфордни рўйхатдан ўтказиш учун кимни сотиши мумкинлиги маълум бўлди  14 19:31Нуньес эндиликда "Милан"нинг ҳужумчи позицияси учун асосий номзодидир  1 18:50Расман: Рамсдейл янги клуб билан шартнома имзолади  0

Bugun futbol. "Paxtakor" - "Bunyodkor" Yangiliklar

Bugun futbol. "Paxtakor" - "Bunyodkor"

Bugun bo'lib o'tadigan ikkita o'yin bilan Coca Cola Superligasining 5-turiga start beriladi.

Mamlakatimizning amaldagi chempioni "Paxtakor" o'z maydonida "Bunyodkor"ni qabul qiladi. Turnir jadvalida yonma-yon o'rinlarda borayotgan jamoalarning o'zaro to'qnashuvi. Har ikki jamoa dastlabki to'rtta turdan so'ng bir xil 9 ochkodan jamg'argan. SHuningdek, har ikki klub hisobida uchtadan g'alaba bor. 

Joriy mavsumni g'alaba bilan boshlagan "Paxtakor" dastlabki uch turda qatorasiga g'alabaga erishdi. SHota Arveladze shogirdlari navbati bilan "Navbahor" (2:1), "Buxoro" (3:0) va "Metallurg" (4:1) klublaridan ustun kelishdi. Karantindan so'ng jamoa ilk o'yinini safarda "So'g'diyona"ga qarshi o'tkazib, 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi. 

"Bunyodkor" esa bu yilgi chempionatni ketma-ket ikkita g'alaba bilan boshladi. Vadim Abramov shogirdlari ilk turda "Surxon"ni (3:1) mag'lub etib qaytishdi. So'ngra "Mashal"dan kichik hisobda (1:0) ustun kelishdi. Lekin 3-turni Olmaliqda o'tkazgan "qaldirg'ochlar" 0:2 hisobida mag'lub bo'lishdi. O'tgan turda jamoa yana g'alaba qozonishning uddasida chiqdi. Bu safar "Qo'qon-1912" 1:0 hisobida mag'lub etildi. 

Bugungi o'yinda "Paxtakor"ning imkoniyatlari yuqori baholanmoqda. Jamoa birinchidan o'z maydonida o'ynaydi, ikkinchidan Jizzaxdagi mag'lubiyat tasodif ekanligini isbotlashga harakat qiladi. 

"Bunyodkor" esa o'tgan yil "Paxtakor"ni mag'lub etishning uddasidan chiqqandi. Jamoa bu yil ham bu ishni uddalay oladimi? Buni o'yin yakunida bilib olamiz. 

P.S. Soat 20:00da boshlanadigan o'yinni "Sport" telekanalida to'g'ridan to'g'ri kuzatib boring.

Paxtakor

Sardor Sobirxo’jayev - 1', Dragan CHeran - 40', Dragan CHeran - 42', Eren Derdiyok - 45'

Superliga. 5-tur

19/06/2020, 20:00

0
:
5
Tugadi

Bunyodkor

Lutfulla To’rayev - 62'

45'
90'
1'  Sardor Sobirxo’jayev
1'  Dragan CHeran
13'  Jaloliddin Masharipov
40'  Dragan CHeran
40'  Xozhiakbar Alizhonov
42'  Dragan CHeran
42'  Jaloliddin Masharipov
45'  Eren Derdiyok
45'  Jaloliddin Masharipov
63'  Eren Derdiyok (Igor Sergeyev)
63'  Egor Krimets (Anzur Ismoilov)
63'  Xozhiakbar Alizhonov (Alisher Salimov)
81'  Sardor Sobirxo’jayev (Humoyunmirzo Iminov)
81'  Dostonbek Hamdamov (Asadbek Sobirzhonov)
31'  Selim Nurmuradov (Farrux Ikromov)
41'  Dilshod Ahmadaliev (Abdulla Abdullaev)
61'  Farrux Ikromov
62'  Lutfulla To’rayev
76'  Lutfulla To’rayev (Suhrob Izzatov)
76'  Anvar G’ofurov (Muhammadodil Qahramonov)
76'  ZHasur ZHaloliddinov (Shahboz Erkinov)


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика