So’nggi yangiliklar

21:55Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Япония U-23 Ўзбекистонни мағлуб этди ва турнир ғолибига айланди  34 20:56ПСЖ Доннарумма борасида "Челси", "Галатасарой" ва бошқа клублар таклифларини кўриб чиқишга тайёр  2 19:57"Локомотив" Тожикистон жамоасидан енгилди  2 19:43"Эвертон" Кубога қизиқиб қолди  0 19:19Жака АПЛга қайтмоқда   1 18:39Гвардиола "Барселона"га қайтадими?  10 18:13АПЛ топ-клублари "Ал Ҳилол" ҳужумчисига даъвогарлик қилмоқда  2 17:36"Тоттенхэм" ва "Барселона" "Арсенал" ҳужумчисига қизиқмоқда  3 17:08"Вест Хэм" "Манчестер Юнайтед"дан япониялик дарвозабонни илиб кетмоқчи  4 16:40Де Лигт: "Манчестер Юнайтед" учун ўтган мавсум ўтмишда қолди"  0 16:13"Реал" Винисиус Жуниорга ўринбосар топди – АПЛ юлдузи устувор вариант  4 15:45Breaking! "Ливерпуль" Исак билан келишувга эришди  21 15:22ЦСКА ҳимоячиси: "Туркия чемпионати Файзуллаев учун ЖЧ олдидан трамплин бўлади"  9 14:55Суперлига қайтмоқда! 16-тур ўйинларига ҳакамлар тайинланди  6 14:34Расман: Бахтиёр Зайнутдинов – "Динамо М" футболчиси  1

Bugun futbol. "Olmaliq" - "Metallurg" Yangiliklar

Bugun futbol. "Olmaliq" - "Metallurg"

Teglar :  OlmaliqMetallurg
Bugun Toshkent viloyati derbisida "Olmaliq" - "Metallurg" bahsi bo'lib o'tadi. Oliy liganing 11-turidan o'rin olgan uchrashuv 18:30da boshlanadi.

“Olmaliq” (Olmaliq) – “Metallurg” (Bekobod)
Hakamlar:
B. Namozov (Toshkent), J. Sarsenov (Nukus), B. Kannazarov (Nukus), D. Jamilov (Toshkent vil.)
Nazoratchi: R.Serazetdinov (Toshkent)
O'zPFL vakili: G. Rtveladze

Jadvaldagi o'rni: "Olmaliq" 9-o'rinda (13 ochko). "Metallurg" 15-o'rinda (8 ochko).

O'yindan nima kutyapmiz? "Olmaliq" o'z maydonida to'p tepishini hisobga olsak, ustunlik mezbonlar tomonida. Lekin "Metallurg" ham qarab turmasa kerak. CHunki bekobodliklarga ham ochko suv va havodek zarur. Qolaversa, "Metallurg" safardagi o'yinlarda g'alaba qozona olmayapti.



Fakt: "Olmaliq" o'z maydonidagi to'rtta o'yindan ikkitasida g'alabaga erishib, ikki marta durang o'ynagan. Va jamoa uyda 8 ochkoli bo'lgan. Kumikov shogirdlari uyda hali mag'lub bo'lishmagan.

Bilasizmi? "Olmaliq" o'z maydonidagi o'yinlarda gol o'tkazmay kelayotgan oliy liganing yagona jamoasi bo'lib turibdi. To'plar nisbati 3-0.

Fakt: Safarda to'rtta o'yinda maydonga tushgan "Metallurg" bir marta durang o'ynab, uchta uchrashuvda mag'lub bo'lgan. Qizig'i shundaki, "Metallurg" safarda hali g'alaba qozonmagan, bundan tashqari atigi bitta gol urgan.

Bilasizmi? "Metallurg" safardagi bir ochkoni "Bunyodkor" bilan o'yinda qo'lga kiritgan. Jamoa 1:1 hisobida durang o'ynagan.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика