Bugun futbol. "Obod" - "Qizilqum"
06 may 2017 13:14
Yangiliklar
Bugun futbol. "Obod" - "Qizilqum"
Obod (Toshkent) – Qizilqum (Navoiy)
6 may 2017. Toshkent. "Jar" stadioni. 17:30
Hakamlar: T. To'xtasinov (Andijon), Z. Abdurahmonov (Andijon), A. Marajabov (Andijon), F. Norsafarov (Qarshi).
Nazoratchi: R. Serazetdinov (Toshkent).
O'zPFL vakili: F. Magametov.
O'yin oldidan: Bugun avvalgi turda g'alaba qozonmagan jamoalar o'zaro bahs olib borishadi. 8-turda "Lokomotiv"dan 0:7 hisobida mag'lub bo'lgan "Obod" o'z maydonida "Nasaf" bilan 1:1 o'ynagan "Qizilqum"ni qabul qiladi.
Turnir jadvalidagi o'rni: Sakkiz o'yinda atigi besh ochko jamg'argan "Obod" oxirgi o'rinni egallab turibdi. To'plar nisbati 4-14. "Qizilqum" esa 9 ochko bilan o'ninchi o'rinda bormoqda.
Fakt: O'z maydonida uchta o'yin o'tkazgan "Obod" hali g'alaba nashidasini surgani yo'q. Rauf Inileev shogirdlari ikki marta durang o'ynab, bir bor yutqazib qo'yishgan. "Obod" "Jar" stadionida "Qo'qon-1912" va "Bunyodkor" bilan durang qayd etgan, "Olmaliq"qa 0:1 hisobida yutqazib qo'ygan.
Bilasizmi? "Obod" o'z uyida hali g'alaba qozonmagan ikki jamoadan biri. Yana biri - "Neftchi". Qolaversa, "Obod" "Jar"dagi o'yinlarda atigi ikkita gol urgan.
Fakt: "Qizilqum" bugun safarda beshinchi o'yinini o'tkazadi. Jamoa avvalgi to'rtta uchrashuvning faqat bittasida g'olib bo'lgan. "Qizilqum" safarda kimsan "Bunyodkor"ni mag'lub etib, "Qo'qon-1912" va "Paxtakor"dan mag'lubiyatga uchragan, shuningdek, "Olmaliq" bilan 0:0 o'ynagan.
Esingizdami? O'tgan yil "Jar" stadionida bo'lib o'tgan bellashuv 2:2 hisobi bilan yakun topgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Месси "Америка қироли" мукофотини қўлга кирита олмади. Уни "Фламенго" ярим ҳимоячиси ортда қолдирди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar