So’nggi yangiliklar

19:49Сауль "Атлетико" билан шартномани бекор қилиб, турк клубига ўтади  0 19:34МЮ Жексоннинг агенти билан музокара ўтказди  0 18:50Петар Шегрт: “Лёв билан бўлган суҳбатимиз ОАВда тарқалиб кетишини истамайман. ЎФАдан бўлган таклиф ҳақида сўрамайман. Тожикистондан кетганимга сабаб…”  4 18:26Диалло "МЮ" ҳақида: "АПЛда кучли бешликка кирсак, мавсумни омадли деб ҳисобласа бўлади"  1 17:49Расман: Улуғбек Ҳошимов – "Динамо" футболчиси  4 17:11Лапортнинг Европага қайтиш эҳтимоли юқори  0 16:42Лофтус-Чик: "Бизга Модричнинг тажрибаси керак"  0 16:18АПЛнинг икки клуби Коло-Муани билан шартнома имзоламоқчи  0 15:51"Реал" Винисиус билан шартнома бўйича музокараларни қайта бошламоқчи  1 15:24"Атлетико" "Челси"нинг португалиялик футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 14:57"Бавария" Диаснинг трансфери амалга ошмаган тақдирда, бошқа ўйинчиини кўзлаб қўйди  0 14:28"Реал" Рейньер билан шартномани бекор қилиши мумкин  0 14:01Бернардески АҚШдан Италияга қайтди  0 13:33Ўзбекистон U-18 Тошкентда йиғин ўтказади. Таркиб маълум  5 13:03"Ливерпуль" 90 млн евро эвазига ҳужумчи харид қилиши мумкин  6

Bugun futbol. "Obod" - "Metallurg" Yangiliklar

Bugun futbol. "Obod" - "Metallurg"

Teglar :  ObodMetallurg
Bugun oliy liganing 13-tur bahslariga start beriladi.

Oliy ligada qolish uchun harakat qilayotgan "Obod" o'z maydonida "Metallurg"ni qabul qiladi.

18:30 - Obod (Toshkent) – Metallurg (Bekobod)
Hakamlar: T. To'xtasinov (Andijon), A. Marajabov (Andijon), Z. Abdurahmonov (Andijon), D. Klepikov (Toshkent)
Nazoratchi: B. Tog'aev (Toshkent).
O'zPFL vakili: N. Lutfulin.

Turnir jadvalidagi o'rni: "Obod" 9 ochko bilan jadvalning eng oxirgi qismini egallab turibdi. "Metallurg" hisobida 11 ochko bor va bu jamoa 14-o'rinda bormoqda.

O'yindan nima kutyapmiz? Bugun "Jar" stadionida qiziqarli o'yin bo'lishi kutilmoqda. CHunki ikkala jamoaga ham ochko zarur. Agar "Obod" g'alaba qozonsa, "Metallurg"dan o'zib ketadi. Lekin bekobodliklar ham bo'sh kelmasligi turgan gap. CHunki bu jamoa "Nasaf"ni mag'lub etganidan so'ng qolgan bellashuvlarda ochko yo'qotmaslikka harakat qiladi.

Fakt: Oxirgi o'rindagi "Obod" o'z maydonida hozircha bitta g'alabaga erishgan. Rauf Inileev shogirdlari "Dinamo"ni 3:1 hisobida mag'lub etishgandi. SHundan keyin "Obod" Muborakka borib "Mashal"dan 0:3 hisobida engilib qaytdi.

Bilasizmi? "Obod" oxirgi to'rtta o'yinning faqat ikkitasida mag'lub bo'ldi. Demak, jamoa o'ziga kelayotgan bo'lishi mumkin.

Fakt: "Metallurg" hozircha safar o'yinlarida faqat bitta gol urgan. Jamoa 9-turda "Bunyodkor" bilan 1:1 o'ynagan. Umumiy to'plar nisbati 1-7.

Bilasizmi? "Metallurg" safar o'yinlarida hali g'alaba qozonmagan. Jamoa bir bor durang o'ynab, to'rt marta imkoniyatni boy bergan.

Reyting: -4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика