Bugun futbol. "Navbahor" - "Lokomotiv"
15 avg 2021 13:53
Yangiliklar
Bugun futbol. "Navbahor" - "Lokomotiv"
"Lokomotiv" safarda "Navbahor" mehmoni bo'ladi. Turnir jadvalida "Lokomotiv" 19 ochko bilan 7-o'rinni egallab turibdi. To'plar nisbati 19-17. "Navbahor" esa 17 ochko to'plagan holda 8-o'rinda boryapti. Ko'rinib turibdiki, bugun musobaqa jadvalida ketma-ket o'rinlarda borayotgan ikki jamoa to'qnashuviga guvoh bo'lamiz.
Bugungi bellashuv "Loko" uchun safardagi 8-bahs bo'ladi. "Temiryo'lchilar" shu paytgacha safar o'yinlarida uch bor g'alaba qozonishgan: "Surxon", "Mashal" va "Andijon" ustidan. SHuningdek, ikkitadan durang va mag'lubiyat qayd etilgan. Safar bahslarida to'plar nisbati 11-8.
"Navbahor" uchun bugungi uchrashuv o'z maydonidagi 8-o'yin bo'ladi. "Lochinlar" uydagi bellashuvlarda "Surxon" va "Mashal"ni mag'lub etib, "Nasaf" va "Turon" bilan 0:0 o'ynashgan hamda "So'g'diyona", "Paxtakor" va "Andijon"ga qarshi bahslarda imkoniyat boy berilgan. Uydagi o'yinlarda to'plar nisbati 5-5.
Bilasizmi? Har ikki jamoa ham Superligadagi oxirgi uch o'yinida bittadan g'alaba qozondi. "Lokomotiv" o'z maydonida "Nasaf"ni mag'lub etgan bo'lsa, "Navbahor" safarda "Qo'qon-1912"dan ustun kelishga muvaffaq bo'ldi.
Birinchi davradagi bellashuvda "Loko" o'z maydonida 1:2 hisobida yutqazib qo'ygandi. Bugun "temiryo'lchilar" o'sha mag'lubiyat alamini olishga urinib ko'rishadi. Mazkur bahs "Dunyo bo'ylab" kanali orqali soat 20:00dan jonli efirga uzatiladi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди
АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади
Равшан Ҳайдаров: "Уч очко қўлга киритилди. Болаларча қилинган хатолар Эронга қарши ўйинда такрорланмайди деб умид қиламан"
Fikrlar