So’nggi yangiliklar

00:45"Монако" "Манчестер Сити" ҳимоячисига кўз тикмоқда  0 00:32Саудия Про-Лигаси. Роналду ва Бензема жамоалари ғалаба қозонишди  4 00:09Дэвид Симэн: "Артетанинг тўртта алмаштиришидан шокка тушдим"  1 23:40"Реал" "Бетис"нинг 40-50 миллион евролик ҳимоячисига кўз тикди  0 23:05Туркия йиғини. "Қўқон-1912"нинг назорат ўйинлари тақвими  1 22:41Бразилия терма жамоаси ва "Милан" собиқ юлдузи Англиядан клуб сотиб олмоқчи  3 22:10"Ўзинг яхшимисан, Ромео?" — Дэвид Бекхэм "Манчестер Юнайтед" ғалабасидан сўнг ўғлининг устидан кулди  2 21:57"Ал Насср" ва "Ал Тавун" ўртасидаги 18-тур баҳси учун таркиблар маълум: Роналду асосий таркибда!  0 21:50РЕКОРД! "Фламенго" "Вест Хэм" футболчисини 41 миллион евродан қимматга сотиб олмоқда  1 21:30Паулу Фонсека "Лион" раҳбариятидан Эндрикни олиб қолишни сўради  1 21:00Флик: "Канселу жамоага яхши мослашяпти"  0 20:23Футзал харитаси: Барча йўллар Жакартага олиб боради  9 19:51Ўзбекистон терма жамоаси Хитой билан жанговар дуранг қайд этди  42 19:25АПЛнинг жорий мавсуми сўнгги йиллардаги энг зерикарлиси бўлмоқда  8 18:52"Кремонезе" дарвозабони ўйиндан кейин стадионда қолиб кетди  1

Bugun futbol. "Navbahor" - "Lokomotiv" Yangiliklar

Bugun futbol. "Navbahor" - "Lokomotiv"

Bugun Superliganing 3-turidan o'rin olgan yana ikkita bahs o'tkaziladi.

Aytish mumkinki, turning markaziy uchrashuvi bugun Namanganda "Navbahor" va "Lokomotiv" jamoalari o'rtasida kechadi. Bu o'yin "Navbahor" uchun joriy mavsumdagi ilk uy uchrashuvi bo'ladi, shu bois o'yinga qiziqish juda katta. Soat 20:00da boshladigan bahsda stadion to'lishi kutilmoqda.

Bizga malum bo'lishicha, uchrashuv uchun chiqarilgan chiptalar allaqachon sotib bo'lingan. "Navbahor" avvalgi ikkita turni safarda o'tkazdi va "Metallurg" bilan durang o'ynagan bo'lsa, AGMKni Olmaliqda 2:1 hisobida mag'lub etdi. SHu o'yinda Aziz Turg'unboev juda chiroyli o'yin namoyish etib berganini muxlislar yaxshi bilishadi.

"Lokomotiv" bugun O'zbekistonning amaldagi chempioni sifatida maydonga tushadi. "Temiryo'lchilar" bungacha safarda "Qizilqum"ni 3:0 hisobida mag'lub etib, uyda "Metallurg" bilan 1:1 qayd etishdi. Bundan tashqari, "Loko" OCHLda Qatarning "Al Duhayl" klubiga yutqazib qo'ydi.

"Loko"ning 1-tur uchrashuvida Ikrom Aliboev juda chiroyli gol muallifi bo'lgandi. "Navbahor" safida esa Aziz Turg'unboev AGMK darvozasini jarima to'pidan ajoyib tarzda ishg'ol qildi. Bugun har ikkala futbolchi yana o'z imkoniyatlarini ko'rsatsa ajab emas.

To'g'ri, "Lokomotiv"ning OCHLdagi ishlari yaxshi ketmayapti, lekin Superligada bu jamoadan hamma hayiqishi bor gap. Ammo "Navbahor" bugun 20 mingdan ziyod muxlis ko'z o'ngida "Loko"ga jiddiy qarshilik ko'rsatishi kutilmoqda. Nima bo'lgan taqdirda ham, biz ikkala jamoadan hujumkor va ochiq futbol kutib qolamiz.

Reyting: +35   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика