Bugun futbol. "Navbahor" - AGMK
26 may 2018 14:07
Yangiliklar


Bugun futbol. "Navbahor" - AGMK
"Navbahor" 12ta o'yindan so'ng turnir jadvalida 3-o'rinni egallab turibdi va jamoa 21 ochko jamg'argan. AGMK esa 13 ochko bilan 9-o'rinda bormoqda.
Bugun "Navbahor" o'z maydonida 7-uchrashuvni o'tkazadi. Bungacha bo'lib o'tgan oltita o'yindan to'rttasida "lochinlar" g'alaba qozongan va ikki bor durang qayd etishgan. To'plar nisbati 11-2.
Bilasizmi? "Navbahor" o'z maydonida mag'lubiyatga uchramagan. SHuningdek, "Paxtakor" bilan "Lokomotiv" ham o'z uyida yutqazmagan.
Fakt: "Navbahor" qatorasiga oxirgi uch o'yinni g'alaba bilan yakunladi. Jamoa safarda "Buxoro"ni 1:0 hisobida mag'lub etgan bo'lsa, o'z maydonida "Qizilqum" va "Metallurg"dan bir xil 3:0 hisobida ustun keldi.
Olmaliq shahrining AGMK klubi haqida gapiradigan bo'lsak, negadir bu jamoa o'z o'yinini topa olmayotgandek. AGMK bir qarasang safarda "Metallurg"ni yutib qaytadi, bir qarasang o'z uyida "So'g'diyona"ni enga olmaydi. Jamoaning o'yin uslubi ham qandaydir tushunarsiz.
AGMK shu paytgacha safarda o'tkazgan 6ta o'yindan faqat ikkitasida g'alabaga erishdi. Jamoa "Neftchi" va "Metallurg"dan ustun keldi. Safar o'yinlarida Viktor Kumikov shogirdlarining to'plar nisbati 8-11.
Bilasizmi? AGMK uydagi o'yinlardan ko'ra safarda ko'proq ochko jamg'argan. Uyda 6ta, safarda 7ta.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar