So’nggi yangiliklar

17:44"Хоразм" сербиялик дарвозабон билан шартнома имзолади  0 17:06"Пахтакор"нинг ироқлик легионерлари визасини янгилай олмаяпти  3 16:45Тони Пулис: "Агар имконият берилса, Флетчер МЮ учун энг яхши мураббий бўлиши мумкин"  1 16:17Абдуқодир Ҳусанов сайёранинг энг тезкор 10 нафар футболчиси қаторига кирадими?  1 15:05Тимур Кападзе: "Ўйлайманки, "Навбаҳор"да молиявий муаммолар бўлмайди"   15 14:45"Бунёдкор" хорватиялик легионер билан хайрлашди  1 14:20Забиҳилло Ўринбоев: "Ўтган йилги ички муаммоларни ҳозир айтиш нотўғри. Хатолардан хулоса чиқарамиз"  1 14:02МЮ вақтинчалик мураббий масаласида Сульшер ва Кэррик билан учрашув ўтказади  4 13:35Неймар ва "Сантос" шартномани 2026 йил якунига қадар узайтиришди  0 13:02Бугунги ўйинлар: Ўзбекистон U-23 — Ливан U-23, Ҳусанов “Сити” билан уйда ва бошқалар  3 12:56Месси ижтимоий тармоқлар ҳақида: "Гоҳида кимдандир "отписка" қилишни хоҳлайман, лекин бунинг оқибатларини биламан"  10 12:23U-23 Осиё Кубоги: юришимиз Ливандан бошланади. Рақиб ҳақида нималарни биламиз?   2 12:22"Ювентус"нинг мағлубиятсиз серияси 6 та ўйинга етди – 5 та ғалаба ва бир дуранг  2 11:54Месси Майамидаги ҳаёти ҳақида: "Бу ерда анча хотиржам яшаяпман. Одамлар футболга катта аҳамият беришмайди"  7 11:31"Ман Сити" 20 ёшли марказий ҳимоячисини Бундеслига жамоасига ижарага берди  0

Bugun futbol. "Nasaf" oliy ligadagi 595-uchrashuvini o'tkazadi Yangiliklar

Bugun futbol. "Nasaf" oliy ligadagi 595-uchrashuvini o'tkazadi

Teglar :  NasafQizilqum
Bugun “Nasaf” jamoasi oliy liga 8-tur uchrashuvida "Qizilqum" jamoasi bilan bahs yuritadi.

"Qizilqum" - "Nasaf" uchrashuvi Navoiy shahridagi "Yoshlar" sport majmuasida soat 18:00da boshlanadi.

“Ajdarlar” bugun milliy chempionatimizdagi 595-uchrashuvida maydonga tushishadi. Mamlakatimizda ikki karra  eng yaxshi murabbiy sifatida etirof etilgan jamoamiz ustozi Ro'ziqul Berdiev oliy liga bahslarida o'z shogirdlarini 128-marta maydonga boshlab tushadi.

Mazkur uchrashuv futbol ishqibozlarining diqqat etiborida bo'lib turibdi. Qolaversa, bugungi uchrashuv har ikkala jamoa uchun katta ahamiyat ham kasb etadi.

Bugungi uchrashuvni Toshkentlik hakamlar guruhi boshqarib boradi. Uchrashuvda Vadim Agishev referilik qiladi.

Unga qanotlarda Doniyor Saylavov va Aleksandr Sidorovlar yordam berishadi. Zaxira hakami sifatida Jasur Muxtarov ishlaydi. Hakamlar ishini Baxtiyor Tog'aev nazorat qiladi. Bobir Haydarov esa O'zbekiston PFL vakili sifatida uchrashuvga tashrif buyuradi.

O'zPFL, 8-tur

“Qizilqum” (Navoiy) – “Nasaf” (Qarshi)

29.04.2017. “Yoshlar” sport majmuasi. 18:00da

Bosh hakam
: Vadim Agishev (Toshkent)

Qanot hakamlari:  Doniyor Saylavov, Aleksandr Sidorov (ikkalasi ham Toshkentdan)

Zaxira hakami: Jasur Muxtarov (Toshkent)

Nazoratchi: Baxtiyor Tog'aev (Toshkent)

O'zPFL vakili: Bobir Haydarov.

Mazkur jamoalarning o'zaro uchrashuvlari tarixiga nazar tashlasak, “Nasaf” va “Qizilqum” jamoalari hozirgacha 34 marta ro'baru kelishgan. Ushbu bahslarning 20 tasida jamoamizning qo'li baland kelgan bo'lsa, 6 uchrashuvda navoiylik futbolchilar g'alaba qozonishgan. 8 uchrashuvda tomonlar durangga imzo chekishgan.

To'plar nisbati bo'yicha ham “Nasaf” ustunlik qilmoqda: 65-37.   

Jamoamiz Ro'ziqul Berdiev boshchiligida hali biron marta, hoh Qarshida bo'lsin, hoh Navoiyda bo'lsin,  “Qizilqum” jamoasiga mag'lub bo'lgan emas.

"Nasaf" Navoiyda o'tkazilgan 17 uchrashuvning 7tasida g'alaba, 5tasida durang va yana 5 uchrashuvda mag'lubiyatga uchragan. Yana bir qiziqarli fakt, “Qizilqum” jamoasi o'z maydonida so'nggi marta 2008 yilda “Nasaf”ni mag'lubiyatga uchratgan.

“Nasaf” so'nggi bor “Qizilqum” jamoasini Navoiyda 2015 yili 2:1 hisobida mag'lubiyatga uchratgan.

Xullas, bugun futbol ishqbozlari juda qiziqarli uchrashuvga guvoh bo'lishlari aniq.

Bugungi uchrashuvda o'z seviklarini  bevosita stadionda qo'llab-quvvatlash uchun Qarshi shahridan ham ko'plab muxlislar tashrif buyurishadi. "Nasaf" PFK muxlislar klubi faollari bugun erta tongdan Navoiy shahri tomon yo'lga chiqishgan.

Siz ham "Yoshlar" sport majmuasi stadioniga tashrif buyuring va qiziqarli uchrashuvni tomosha qiling.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика