So’nggi yangiliklar

17:35"Қайрат"нинг португалиялик легионери: "Тарихга кириш учун қўлимиздан келганини қиламиз"  0 17:14Факт. "Бухоро" 23 йилдан буён "Машъал"ни сафарда ютолмаяпти  1 16:56Факт. Виталий Левченко Жиззахда "Сўғдиёна"га мағлуб бўлмаган  4 16:35Қозоғистон терма жамоасига вақтинчалик бош мураббий тайинланди  1 16:13Дракслер етакчилигидаги "Ал Аҳли" Андижонда!  6 15:55Ўзбекистон футбол ассоциацияси Эрон терма жамоаси собиқ устозига жиддий қизиқмоқда  30 15:20"Валенсия" Винисиус ҳақидаги ҳужжатли фильм туфайли Netflix'ни судга берди  11 14:57ФИФА ЖЧ-2026 саралашида иштирок этаётган терма жамоага техник мағлубият ёзди  0 14:30Кападзе ФИФА кунларида терма жамоа бошқарувида бўлади  16 14:02Ротация режалаштирилган. "Реал" "Қайрат"га қарши ўйинда майдонга тушириши мумкин бўлган футболчилар маълум  10 13:39"Милан" ва "Интер" "Сан Сиро"ни бузади  0 13:17"Машъал" "Бухоро" билан ўйиндан олдин 2 нафар йўқотишга эга  3 12:57Аҳрор Рисқуллаев Суперлигада юбилей ўйинини бошқарди  4 12:34Уругвайнинг асосий футболчилари Ўзбекистонга қарши баҳсни ўтказиб юбориши мумкин  4 11:45"Насаф" "Ал Ҳилол"га кичик ҳисобда мағлуб бўлган учрашувдан галерея  5

Bugun futbol. "Nasaf" - "Navbahor" Yangiliklar

Bugun futbol. "Nasaf" - "Navbahor"

Bugun Superliganing 4-tur bahslari davom ettiriladi.

Qarshida "Nasaf" "Navbahor"ni qabul qiladi. Aytish mumkinki, bu o'yinga turning markaziy uchrashuvi sifatida qaralmoqda. Turnir jadvalida "Nasaf" 9 ochko bilan ikkinchi o'rinda boryapti. Jamoa bungacha o'tkazilgan uchta bellashuvning hammasida g'olib chiqqan. "Navbahor" esa 4 ochko bilan hozircha 8-o'rinda boryapti. 

Aytib o'tganimizdek, "Nasaf" avvalgi uchta turning hammasida g'alaba qozondi. Qarshiliklar dastlab "Qizilqum"ni 3:1, 2-turda "Andijon"ni 2:1 va o'tgan tur "Surxon"ni ham 2:1 hisobida mag'lub etishdi. "Nasaf" har uchala o'yinda o'z darvozasidan bittadan gol o'tkazib yubordi. Lekin jamoa 9 ochko jamg'arganini hisobga olsak, karantingacha ancha yaxshi o'yin namoyish etgani oydinlashadi. 

"Navbahor" esa bu yilgi Superligani mag'lubiyat bilan boshladi. "Lochinlar" Toshkentda "Paxtakor"ga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berishdi. Keyingi turni o'z maydonida "Lokomotiv"ga qarshi o'tkazgan jamoa 2:0 hisobida zafar quchishning uddasidan chiqdi. SHundan so'ng Andrey Kanchelskis shogirdlari Andijonga safar qilib mehmonda 0:0 o'ynashdi. 

Bugungi bahs "Navbahor"ning safardagi uchinchi o'yini bo'ladi. Bungacha ikkita bellashuvda g'olib chiqa olmagan namanganliklar bugun yutishga harakat qilishadi. "Nasaf" esa qatorasiga to'rtinchi g'alabasini qo'lga kiritishga urinib ko'radi. 

P/S. Soat 20:00da boshlanadigan o'yinni "Sport" telekanali orqali to'g'ridan to'g'ri kuzatib boring.

Nasaf

Bobir Abdixoliqov - 66', Marko Stanoevich - 87'

Superliga. 4-tur

14/06/2020, 20:00

2
:
2
Tugadi

Navbahor

Mirzohid G’ofurov - 5', Zabihillo O’rinboyev - 69'

45'
90'
46'  Islom Kenzhaboev (SHerzod Nasrullaev)
66'  Bobir Abdixoliqov
66'  Akmal Mozgovoy
74'  ZHo'rabek Mannonov (Murodbek Rahmatov)
74'  Akmal Mozgovoy (Dilshod Rahmatullayev)
80'  G'olib G'aybullaev (Xaris Dilaver)
85'  Oybek Bozorov (Husayin Norchaev)
87'  Marko Stanoevich
5'  Mirzohid G’ofurov
5'  Azizbek Turg’unboyev
28'  Azizbek Turg’unboyev
46'  Azizbek Turg’unboyev (Zabihillo O’rinboyev)
61'  Abbos G'ulomov
69'  Zabihillo O’rinboyev
70'  Abbos G'ulomov
76'  Islombek Isoqjonov (Amirbek ZHo'raboev)
90'  Abbos G'ulomov (Abdulhay Ismoilov)


Reyting: +20   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика